Bugun klublar o'rtasidagi Jahon chempionati start oladi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2015, 07:00
Bugun, 10 dekabr kuni Yaponiyada klublar o'rtasidagi Jahon chempionati rasman start oladi.
10-20 dekabr oralig'ida Yaponiyaning Osaka va Yokogama shaharlarida barcha qitaning eng kuchli klublari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Bugun musobaqaning ilk uchrashuvida Yaponiya chempioni "Sanfrechche Xirosima" klubi Okeaniya chempioni "Oklend Siti" klubi bilan o'ynaydi.

Musobaqa ishtirokchilari:
Janubiy Amerika – River Pleyt (Argentina)
Yevropa – Barselona (Ispaniya)
Osiyo - Guanchjou Evergrand (Xitoy)
Afrika – Mazembe (Kongo)
Shimoliy Amerika - Amerika (Meksika)
Okeaniya – Oklend Siti (Yangi Zelandiya)
Mezbon – Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)



Musobaqa taqvimi:
O'tish bosqichi
10 dekabr 15:45
“Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) - "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)

1/4 final
13 dekabr 12:00
1) "Amerika" (Meksika) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy)

13 dekabr 15:30
2) "Mazembe" (Kongo) – O'tish bosqichi g'olibi

Beshinchi o'rin uchun
16 dekabr 12:30
Chorak final 1 mag'lubi - Chorak final 2 mag'lubi

Yarim final
16 dekabr 15:30
Chorak final 2 g'olibi - "River Pleyt" (Argentina)

17 dekabr 15:30
"Barselona" (Ispaniya) - Chorak final 1 g'olibi

Uchinchi o'rin uchun
20 dekabr 12:00
Yarim final 1 mag'lubi - Yarim final 2 mag'lubi

Final
20 dekabr 15:30
Yarim final 1 g'olibi - Yarim final 2 g'olibi
 

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia