So’nggi yangiliklar

23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   2 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  70 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  35 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  8

Bugun katta futbol! "Metallurg" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun katta futbol! "Metallurg" - "Lokomotiv"

Teglar :  MetallurgLokomotiv
Bugun "Lokomotiv" oliy ligada o'zining navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" safarda "Metallurg" mehmoni bo'lishadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

Oliy liga, 14-tur. 25 iyun
METALLURG - LOKOMOTIV


Bosh hakam: SHerzod Qosimov
Boshlanish vaqti - 18:00

Jadvaldagi o'rni: "Metallurg" 3-o'rinda (27 ochko), "Lokomotiv" 1-o'rinda (34 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 7 ochko.

TA'RIF: Bu o'yinga bemalol o'z maydonida va safarda yutqazmay kelayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi deya olamiz. Negaki, bu yilgi oliy liga boshlanganidan beri "Metallurg" o'z maydonida umuman mag'lub bo'lmadi. "Lokomotiv" esa safarda yutqazgani yo'q. Bundan ko'rinib turibdiki, har ikkala jamoa ham mavsumni yuqori notada o'tkazyapti. "Metallurg" o'tgan turda g'alaba qozongach, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoalarni oliy liga musobaqa jadvalida 7 ochko ajratib turibdi.

FAKT: O'z maydonida 7ta uchrashuvda maydonga tushgan "Metallurg" shundan oltitasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynadi. Jamoa o'z maydonida "Bunyodkor" bilan 1:1 hisobini qayd etgan. Bekoboddan mag'lub bo'lib qaytgan jamoalar: "So'g'diyona", "SHo'rtan", "Obod", "Qo'qon-1912", "Nasaf" va "Andijon".

FAKT: "Lokomotiv" ham hozircha safarda ettita o'yin o'tkazib, shundan oltitasida g'alaba qozondi va bir marta durang o'ynadi. "Loko" safardagi bellashuvlarda "Navbahor", "Andijon", "SHo'rtan", "Obod", "Qo'qon-1912" hamda "Nasaf" klublaridan ustun keldi. "Lokomotiv" safar uchrashuvlarida eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi, "temiryo'lchilar" hisobida 16ta gol bor.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика