Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Nasaf"
15 iyu 2017 14:37
Yangiliklar
Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Nasaf"
O'yindan nima kutyapmiz? "Nasaf" bugun rasmiy jihatdan safarda o'ynaydi, aslida-ku G'uzor o'yingohi ular uchun uy stadionidek bo'lib qoldi. CHunki Qarshidagi markaziy stadionda tamirlash ishlari boshlanganidan beri "Nasaf" uy uchrashuvlarini Qarshidan uncha uzoq bo'lmagan G'uzorda o'tkazib kelmoqda. Bugungi bahsda jamoalarning imkoniyati teng deya olamiz.

Fakt: "SHo'rtan" o'z maydonida o'tkazgan ettita o'yindan to'rttasida g'olib chiqqan. G'uzorliklar uyda "Neftchi", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublarini mag'lub etishgan. Gap shundaki, "SHo'rtan" g'alaba qozongan o'yinlarda o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.
Bilasizmi? "SHo'rtan" oxirgi oltita o'yinning faqat bittasida g'alaba qozonib, beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa ketma-ket ikki o'yindan beri yuta olmayapti.
Fakt: "Nasaf" bugun safarda ettinchi o'yinini o'tkazadi. Bilasizmi, "Nasaf" shu paytgacha safar o'yinlarida faqat bir marta g'alaba qozongan. Jamoa 1-turda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib qaytgan. "Nasaf" oxirgi marta Bekobodga safar uyuushtirib, 0:1 hisobida engilib qaytdi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar