So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  3 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  94 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Andijon" Yangiliklar

Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Andijon"

Teglar :  AndijonSHo'rtan
Bugun oliy liganing 25-tur doirasida "Andijon" safarda "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi.

Oliy liga. 25-tur
SHO'RTAN - ANDIJON
Bosh hakam:
Vadim Agishev
Boshlanish vaqti: 17:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "SHo'rtan" 10-o'rinda (29 ochko), "Andijon" 16-o'rinda (16 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 13 ochko.  

Tarif: Oliy ligada qolish uchun harakat qilayotgan "Andijon" bugun G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi. Mavsum yakuniga etayotgan bir paytda "Andijon" uchun har bir uchrashuv muhim ahamiyatga ega. Birinchi davrada "SHo'rtan"ning ahvoli chatoq edi, ammo keyinchalik g'uzorliklar birin-ketin g'alaba qozona boshlashdi va turnir jadvalidagi mavqelarini ancha yaxshilab olishdi.

Fakt: Oxirgi uch uchrashuvni ketma-ket uchta g'alaba bilan yakunlagan "SHo'rtan" ikkinchi davrani birmuncha yaxshi o'tkazmoqda. G'uzorliklar oraliq tanaffusdan so'ng uyda bo'lib o'tgan beshta o'yindan to'rttasini g'alaba bilan yakunlashdi. Buni ham yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.

Fakt: "Andijon"ning safarda umuman omadi kelmayapti desa ham bo'laveradi. Jamoa safarda hozircha faqat bir marta yutuqqa erishgan. Orif Mamatkazin shogirdlari Farg'onada "Neftchi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytishgan. Ammo o'shandan beri jamoa qatorasiga beshta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi: bir durang va to'rt mag'lubiyat.

Fakt: Andijonda kechgan birinchi davra bahsida "SHo'rtan" 3:1 hisobida zafar quchgan. Gollar: N. Yovanovich (52, penalti) – M. Murodov (28), I. Taran (56, penalti), Z. Polvonov (59).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика