So’nggi yangiliklar

16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  2 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  0 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  4 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  6 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  8 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  11 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  34 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  7

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Bunyodkor"

Bugun Superliganing 5-tur bahslariga start beriladi. "Qizilqum" o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Bugun Navoiyda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. "Qizilqum" o'tgan turda "So'g'diyona"ni safarda mag'lub etib qaytgan bo'lsa, "Bunyodkor" o'z maydonida "Buxoro"dan ustun keldi.

Musobaqa jadvalida "Bunyodkor" 10 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. "Qizilqum" esa hozircha uch ochko jamg'argan va 10-o'rinni egallab turibdi. 

Fakt: "Qizilqum" mavsumni ketma-ket uchta mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa o'z maydonida "Lokomotiv", "Qo'qon-1912" va "Nasaf"ga yutqazib qo'ydi. 

Bilasizmi? "Qizilqum" uydagi bahslarda faqat bir marta to'p kirita oldi. Gol muallifi: Andrey Sidorov. Qolaversa, "Qizilqum" Superligada eng ko'p gol o'tkazib yuborgan ikkita jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana biri - "So'g'diyona". Ikkala jamoa ham o'z darvozasidan 8ta to'p o'tkazib yubordi. 

"Qizilqum" hujumchisi Elguja Grigalashvili o'tgan turda "So'g'diyona" darvozasiga uchta gol urib, Superligadagi ilk xet-trik muallifi bo'ldi. 

Fakt: "Bunyodkor" hozircha mag'lub bo'lgani yo'q. Jamoa hisobida uchta g'alaba va bitta durang bor. 

Bilasizmi? "Bunyodkor" oxirgi uchta o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari uyda "Paxtakor" va "Buxoro", safarda "Neftchi"ni mag'lubiyatga uchratishdi. Bundan tashqari, "Bunyodkor" hozircha safarda gol o'tkazgani yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика