Bugun futbol. "Persepolis" - "Al Sadd"
23 okt 2018 11:26
Yangiliklar
Bugun futbol. "Persepolis" - "Al Sadd"
Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida Eronning amaldagi chempioni "Persepolis" Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi. O'yin bizning vaqt bilan 20:00da boshlanadi. "Sport" telekanali mazkur uchrashuvni bugungi dasturiga kiritgan, biroq to'g'ridan-to'g'ri emas, balki 22:00dan boshlab efirga uzatishi yozib qo'yilgan.
Dohada kechgan birinchi bellashuvda "Persepolis" 1:0 hisobida zafar quchgan. O'yin oxirlarida jamoa hujumchisi Ali Alipur tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga kichik g'alabani taqdim etgandi. Bugungi o'yindan so'ng finalga chiqqan omadli jamoa nomi malum bo'ladi. "Persepolis" chorak finalda Qatarning yana bir nomdor klubi "Al Duhayl"ni ortda qoldirdi. "Al Sadd" esa aksincha Eronning eng nomdor jamoasi "Istiqlol"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Malumot uchun, "Al Sadd" 2011 yil OCHLda g'oliblikni qo'lga kiritgandi. Hozirda bu jamoaga Jezualdu Ferreyra murabbiylik qilmoqda. "Persepolis" ustozi esa Branko Ivankovich hisoblanadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar