So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Buxoro" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Buxoro"

Teglar :  PaxtakorBuxoro
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. SHulardan biri, Toshkentda "Paxtakor" Buxoroning "Buxoro" klubini qabul qiladi. O'yin 19:00da boshlanadi.


Oliy liga. 10-tur. 12 may
Paxtakor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

O'yindan nima kutyapmiz? Ketma-ket uch uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmagan "Buxoro" bu gal oxirgi paytlarda ishi bir yurishib bir yurishmayotgan "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Albatta, klubdagi o'zgarishlardan so'ng "Paxtakor" har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilishi shubhasiz. Lekin o'z navbatida "Buxoro" ham qarab turmaydi, chunki ochko hammaga kerak.

Fakt: Turnir jadvalida 10-o'rinda borayotgan "Paxtakor" bugun o'z maydonida oltinchi uchrashuvini o'tkazadi. Avvalgi beshta bahsning uchtasida g'alaba qozongan jamoa ikki bor mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 6-4. "Paxtakor" o'z uyida hali durang qayd etmagan.

Fakt: "Buxoro" safar o'yinlarida ikki bor zafar quchib, ikki marta mag'lub bo'lgan. "Buxoro" safarda hali durang o'ynamagan. To'plar nisbati 5-6.

Bilasizmi? "Paxtakor"ning uchala g'alabasi ham uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Jamoa o'z maydonida "Qizilqum", "Metallurg" va "Navbahor"dan ustun kelgan.

Tarixga nazar: "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan oxirgi uch o'yinning ikkitasida mezbonlar mehmonlarni mag'lub etishgan. O'tgan yil kechgan bellashuvda esa 1:1 hisobi qayd etilgan.

Toshkentdagi oxirgi uch o'yin

13.08.2016
"Paxtakor" - "Buxoro" - 1:1

03.04.2015
"Paxtakor" - "Buxoro" - 3:1

29.10.2014
"Paxtakor" - "Buxoro" - 4:0

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика