So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Bugun futbol. "Neftchi" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 15-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Neftchi" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Bugun Farg'onada turnir jadvalining oxirgi hamda birinchi o'rinlarida borayotgan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. "Paxtakor" 29 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Neftchi" atigi 5 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. Ochkolar orasidagi farq 24ta.

Bugungi o'yinda "Neftchi"ga faqat o'z maydonida o'ynashigina ustunlik berishi mumkin. O'yin tomonlama esa "Paxtakor" ancha kuchli. "Neftchi" har o'yinda o'zining dastlabki g'alabasini nishonlashga harakat qilmoqda, biroq o'tgan 13ta bellashuvdan beri bu amalga oshgani yo'q.

Umuman olganda, Superligada g'alaba qozonmagan faqat bir jamoa qolgan. Bu jamoa "Neftchi" ekanini muxlislar yaxshi biladi. Farg'onaliklar uyda o'tkazilgan uchrashuvlarning ikkitasida durang o'ynab, 5 marta imkoniyatni boy berishgan. To'plar nisbati 2-11.

Bilasizmi? "Neftchi" oxirgi ikkita o'yinni bir xil 0:2 hisobida boy berdi. Jamoa safarda "Nasaf"dan, keyin o'z maydonida "So'g'diyona"dan shu hisobda mag'lubiyatga uchradi.

Fakt: "Neftchi" oxirgi to'rtta uchrashuvning bittasida durang o'ynab, uch marta mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoaning maqsadi chempionlik. "SHerlar" oliy maqsad sari turma-tur harakat qilishmoqda. Oxirgi uchta turni g'alaba bilan yakunlagan "Paxtakor" bugun ham Farg'onada uch ochko uchun o'ynaydi.

Bilasizmi? "Paxtakor" shu paytgacha safarda olti bor maydonga tushgan bo'lsa, shundan uchtasida g'alabaga erishgan. SHota Arveladze shogirdlari "Metallurg", "Nasaf" va "So'g'diyona"dan ustun kelishgan.

Fakt: "Paxtakor" "Nasaf" bilan birga Superliga jamoalari orasida safarda eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi: faqat to'rtta gol.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика