So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 2-bosqichidan o'rin olgan 23-tur uchrashuvlari davom etadi.

Birinchi bosqichni peshqadam sifatida tugatgan "Paxtakor" bugun Namanganda mehmon bo'ladi.

Aytish mumkinki, bu o'yin turning markaziy bahsi bo'ladi. Birinchi bosqichda "Navbahor" o'z uyida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Jamoa o'tgan yil ham "Paxtakor"dan ustun kelgan. SHota Arveladze hozircha Namanganda zafar qucha olgani yo'q.

Bugun ham qiziqarli bellashuv ko'rsak ajab emas. Kim g'olib chiqishini esa oldindan aytish qiyin. "Paxtakor" birinchi davrani 47 ochko bilan peshqadam sifatida tugatgandi, biroq "oltin ochkolar" tufayli ikkinchi bosqich oldidan 3-o'ringa tushib qoldi. "Navbahor" esa aksincha birinchi o'ringa ko'tarilib olgan. Jamoalar orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etyapti.

"Navbahor" joriy mavsum hali o'z uyida yutqazgani yo'q. Mo'minjonov shogirdlari hisobida 9ta g'alaba va ikki durang bor. To'plar nisbati 20-2. Ko'rib turganingizdek, namanganliklar uyda atigi ikkita gol o'tkazishgan.

Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi uchta g'alabasini faqat uyda qo'lga kiritgan. Bu jamoa "Buxoro", "Paxtakor" va "So'g'diyona"dan ustun kelgan.

"Paxtakor" safarda 5 marta g'alabaga erishgan, jamoa hisobida uchtadan mag'lubiyat va durang bor. "Paxtakor" safarda "Bunyodkor", "Buxoro" va "Navbahor"ga yutqazgan.

Bilasizmi? "Paxtakor" safardagi oxirgi ikki o'yinida bir mag'lubiyat va durang qayd etgan. Jamoa oxirgi marta 17-turda "Qizilqum"ni 2:1 hisobida engib qaytgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика