So’nggi yangiliklar

19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  0 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  0 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  17 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  3 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  0 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  9 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4

Bugun futbol. "Nasaf" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Neftchi"

Teglar :  NasafNeftchi
Bugun "Nasaf" G'uzorda "Neftchi"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.


Nasaf (Qarshi) – Neftchi (Farg'ona)
6 may 2017. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yarmuxamedov (Toshkent), B. Baxromov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

O'yindan nima kutyapmiz? Avvallari "Nasaf" va "Neftchi" o'rtasidagi bahslar juda shiddatli kechadi. Lekin oxirgi yillarda bu shiddat ancha yo'qolgandek. Xo'sh, bugungi o'yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tadimi? Ko'ramsiz, balki shunday bo'lishi ham mumkin.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Nasaf" hisobida 13 ochko bor va jamoa 6-o'rinni egallab turibdi. "Neftchi" esa sakkiz o'yindan so'ng atigi 6 ochko bilan jadvalning 14-pog'onasida bormoqda.

Fakt: O'z maydonida uchta o'yin o'tkazgan "Nasaf" shuning hammasini g'alaba bilan yakunlagan. Qarshiliklar "Buxoro", "So'g'diyona" va "Obod"dan ustun kelishgan. "Nasaf" bo'lib o'tgan mana shu bellashuvlarda atigi bitta gol o'tkazib yuborgan. To'plar nisbati 7-1.

Fakt: "Neftchi" bugun safarda beshinchi o'yinida maydonga tushadi. Avvalgi to'rt uchrashuvdan ikkitasi Fyodorov shogirdlarining mag'lubiyati bilan yakun topgan. Jamoa safarda "SHo'rtan" va "Buxoro" klublariga imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Bilasizmi? "Neftchi" uydagi o'yinlardan ko'ra safarda ko'proq ochko jamg'argan. Uyda 2, safarda 4, jami - 6 ochko.

Fakt: "Nasaf" oxirgi beshta o'yinning ikkitasida g'alaba qozondi. Berdiev shogirdlari "So'g'diyona" va "Obod"dan ustun kelishdi.

Fakt: "Neftchi" ortda qolgan sakkizta o'yinning faqat bittasida zafar quchgan. "Metallurg" va "Obod" klublari ham xuddi "Neftchi" kabi bittadan g'alabaga erishishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика