So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Bugun futbol. "Nasaf" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - AGMK

Bugun Superliganing 19-tur bahslariga start beriladi. "Nasaf" o'z maydonida AGMK bilan kuch sinashadi.

Turnir jadvalida "Nasaf" 23 ochko bilan ettinchi, AGMK esa 17 ochko to'plab 10-o'rinda bormoqda. 

Ikkala jamoa ham o'tgan turda g'alaba qozongan bo'lsa-da, avvalgi turlardagi omadsiz ishtirok jamoalar natijasiga soya solmoqda. Xususan "Nasaf" bungacha ketma-ket beshta turda g'alaba qozonmagan bo'lsa, AGMK qatorasiga oltita o'yinda uch ochko nimaligini bilmadi. 

Bugungi o'yinda kimning imkoniyati yuqori? Tarkib tomonlama qaraydigan bo'lsak, AGMKda tajribali futbolchilar ko'p. Faqat hamma gap Baxtiyor Ashurmatov ushbu tarkibni qanchalik shakllantirganida. AGMK avvalgi tur "Buxoro"ni ishonchli tarzda mag'lub etib, Qarshiga ko'tarinki kayfiyatda yo'l oldi. 

"Nasaf"da yaqqol etakchi deyarli yo'q va asosiy urg'uni jamoaviy o'yinga berib kelmoqda. "Nasaf" shu paytgacha o'z maydonida 9ta o'yin o'tkazib, shundan to'rttasida g'alabaga erishgan. Uch bor durang o'ynab, ikkita o'yinda mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 13-9. 

AGMK esa safarda 9 bor maydonga tushib, faqat ikkita bahsda uch ochkoli bo'lgan. Bir marta durang qayd etib, 6ta o'yinda yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 9-17. 

Bilasizmi? AGMK safardagi ikkita g'alabasini "Neftchi" va "Metallurg" ustidan qo'lga kiritgan. 

Yana bir malumot shuki, Ro'ziqul Berdiev bugun "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida oliy ligada 170-o'yinini o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика