So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Bugun futbol. "Metallurg" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Metallurg" - "Nasaf"

Bugun Superliganing 15-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Nasaf" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi.

Oxirgi paytlarda "Nasaf"ning hech omadi kelmayapti va ko'pchilik buni jamoadagi moliyaviy holat bilan izohlamoqda. Balki shundaydir, balki boshqa sabablari ham bordir. Lekin fakt shuki, "Nasaf" oxirgi beshta uchrashuvdan to'rttasida mag'lubiyatga uchradi.

Musobaqa jadvalida "Nasaf" o'ziga yarashmagan o'rinni egallab turibdi: 7-o'rin. "Metallurg" esa "Nasaf"dan bir pog'ona yuqorida bormoqda. "Metallurg" shu paytgacha 19, "Nasaf" 17 ochko jamg'argan.

Bekobodliklar doim ham bir tekis o'yin namoyish eta olishmayapti. Jamoa o'z maydonida "Buxoro" va safarda "Qizilqum"ni mag'lub etganidan so'ng ketma-ket ikki uchrashuvda yutqazib qo'ydi. Oxirgi uy o'yinida esa "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

"Nasaf" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa qatorasiga sakkiz bellashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmadi, biroq shundan keyin uch bor mag'lub bo'ldi. Orada "Neftchi" 2:0 hisobida yutgan "Nasaf" avvalgi turda "Buxoro"ga imkoniyatni boy berdi.

Agar "Metallurg" bugun ham o'z maydonida "Loko"ga qarshi o'yinini namoyish etadigan bo'lsa, "Nasaf"ga juda qiyin bo'ladi. Mabodo "Nasaf"g'alaba qozongudek bo'lsa, unda muvaffaqiyatsizliklar girdobidan chiqib ketishi mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика