So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  5 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Surxon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Surxon"

Bugun Coca Cola Superligasining 8-tur bahslariga start beriladi. "Lokomotiv" o'z maydonida Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi.

Uchrashuv aslida Termizda o'tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli Toshkentga ko'chirilganidan xabaringiz bor. Musobaqa jadvalida "Lokomotiv" 9 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 9-10. "Surxon" esa 4 ochko to'plagan holda 12-o'rinni egallab turibdi. "Surxon"da to'plar nisbati 7-15.

Karantindan so'ng ketma-ket 3ta mag'lubiyat qabul qilib olgan "Loko" o'tgan turda g'alabaga erishdi. "Temiryo'lchilar" uyda "Qizilqum" ustidan 3:0 hisobida zafar quchishdi. Avazbek O'lmasaliev, Kirill Pogrebnyak va Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gollar "Loko"ga bu yilgi Superligada uchinchi g'alabani taqdim etdi. Avvalgi ikkita g'alaba ham uyda "Andijon" va "Buxoro" ustidan qo'lga kiritilgandi.

"Surxon" esa aksincha 3-turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Termizliklar bir bor durang o'ynab to'rtta bellashuvda imkoniyatni boy berishdi. Xususan jamoa oxirgi 3 o'yinda faqat mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyatlar AGMK, "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" bilan kechgan bahslarda qayd etildi. 

Bugungi uchrashuv "Lokomotiv" uchun o'z maydonidagi 6-o'yin bo'ladi. Avvalgi beshta bahsning uchtasida g'alaba qozongan "temiryo'lchilar" ikki marta mag'lub bo'lishgan. "Surxon" esa bugun safarda beshinchi bor maydonga tushadi. Bu jamoa hozircha safarda bir marta yutuqqa erishgan: Navoiyda "Qizilqum" 2:1 hisobida mag'lub etilgan. 

P.S. "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvini soat 19:00dan boshlab "Mahalla" TVda to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика