So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Navbahor"

Bugun Superliganing 27-tur bahslariga start beriladi.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. O'yin 18:00da boshlanadi. Mazkur bahs "Navbahor"ning yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis uchun safardagi ilk uchrashuv bo'ladi.

Ikkinchi bosqich turnir jadvalida "Lokomotiv" 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Navbahor" esa 24 ochko to'plagan holda "Paxtakor"dan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi bosqichda to'rtta o'yin o'tkazgan "Navbahor" faqat bittasida g'alaba qozondi. Jamoa o'tgan tur o'z maydonida "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Jamoa avvalgi uchta bellashuvda g'alaba qozona olmadi: ikkita durang va bir mag'lubiyat. Natijada Ilhom Mo'minjonov istefoga chiqib yangi murabbiy tayinlandi. Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi bosqich o'yinida "Lokomotiv" bugungi raqibini 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Namanganda esa maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan.

"Lokomotiv" ikkinchi bosqichni dadil boshladi va davom ettiryapti. Jamoa bungacha o'tkazilgan to'rtta o'yinning hammasida g'alaba qozongan. "Temiryo'lchilar" navbati bilan "Metallurg", "Bunyodkor", "Buxoro" va "Paxtakor"ni mag'lub etishdi. Qizig'i shundaki, oxirgi ikkita bahsni safarda o'tkazgan "Loko" bir xil 3:1 hisobida zafar quchdi.

Xo'sh, sizningcha bugun bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Navbahor" qarama-qarshiligida kimga omad kulib boqadi va qanday hisob qayd etiladi?

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика