Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
16 apr 2021 13:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631609_original.jpg)
![](/upload/storage/631609_220.jpg)
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
TTZdagi "Lokomotiv" stadionida Toshkent derbisi guvohi bo'lamiz. CHunki bunda "Lokomotiv" "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 5ta o'yindan so'ng 5 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. "Temiryo'lchilar" bir bor g'alaba qozonib, 2 martadan durang va mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati 6-7.
"Bunyodkor" esa 5ta o'yindan so'ng 8 ochko to'plagan holda 6-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 6-4. "Bunyodkor" hozirgacha 2 bellashuvda g'alaba qozonib, 2 bor durang qayd etdi va bitta o'yinda mag'lub bo'ldi.
Bugun "Lokomotiv" o'z maydonida uchinchi bahsni o'tkazadi. Avvalgi ikkita uchrashuvda "teamiryo'lchilar" "Navbahor"ga imkoniyatni boy berib, "Qizilqum" bilan durang o'ynashdi. O'tgan tur esa "Loko" safarda "Surxon"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytdi.
Bugungi bellashuv "Bunyodkor" uchun safardagi 3-bahs bo'ladi. Avvalgi ikkita o'yinda "qaldirg'ochlar" dastlab Bekobodda "Metallurg"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi, so'ngra "Qo'qon-1912" bilan 0:0 o'ynashdi. Darvoqea, "Bunyodkor" oxirgi ikkita safar gol ura olmadi.
Oxirgi uchta o'yin:
2020. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1
2019. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0
2018. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1
"Lokomotiv" maydonida o'tgan oxirgi 3ta o'yinning ikkitasida mezbonlar qo'li baland kelgan. Va bir bellashuv durang bilan yakun topgan.
Lokomotiv Javohir Sidiqov - 48', Temurxo’ja Abduxoliqov - 68' |
Superliga. 6-tur 16/04/2021, 18:15 1
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Odiljon Abdurahmonov - 77' |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar