Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
19 okt 2020 13:41
Yangiliklar
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
Muxlislar Toshkentda poytaxt derbisi guvohi bo'lishadi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 22 ochko to'plab 9-o'rinda bormoqda. "Bunyodkor" hisobida 29 ochko bo'lib, bu jamoa 6-o'rinni egallab turibdi.
"Lokomotiv"da to'plar nisbati 21-33. "Bunyodkor"da 26-23. "Loko" shu paytgacha 7ta, "Bunyodkor" esa 8ta bellashuvda zafar quchgan.
"Temiryo'lchilar" ikkinchi davrani ketma-ket 3 g'alaba bilan boshlashdi. Andrey Miklyaev shogirdlari dastlab "Andijon", so'ngra "Navbahor" bilan "Buxoro"ni mag'lub etishdi. Oxirgi 3ta turni safarda o'tkazgan "Lokomotiv" uch xil natija qayd etdi: "Buxoro" bilan o'yinda g'alaba, Bekobodda "Metallurg"ga qarshi durang va Jizzaxda "So'g'diyona"dan mag'lubiyat.
"Bunyodkor" ikkinchi davra boshlanganidan beri hozircha 4ta uchrashuv o'tkazdi. Bunda ikkita g'alaba va ikkita mag'lubiyat qayd etildi. "Qaldirg'ochlar" "Surxon" va "Mashal"dan ustun kelib, avvalgi ikki turda AGMK va "Qo'qon-1912"ga imkoniyatni boy berishdi. "Bunyodkor"ning 18-tur "Paxtakor" bilan o'yini noyabr oyiga qoldirilgan.
Fakt: 2015 yildan beri "Lokomotiv" o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi olti marta bahs olib borib, shundan 4tasida g'alaba qozongan va ikki bor durang o'ynagan. To'plar nisbati 11-4.
2019. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0
2018. 2-bosqich. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1
2018. 1-bosqich. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:1
2017. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:2
2016. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0
2015. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:0

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar