So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  0 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  6 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

Bugun futbol. "Lokomotiv" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - AGMK

Bugun Superliganing 15-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion "Lokomotiv" o'z maydonida AGMKni qabul qiladi.

Bugun Baxtiyor Ashurmatov uchun muhim kun. CHunki yosh murabbiy AGMKning navbatdagi ustozi sifatida dastlabki o'yinini o'tkazadi. Yana kimga qarshi deng, O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv"ga qarshi.

AGMKning oxirgi paytlarda omadi kelmadi, natijada klub rahbariyati ishdan ketgan Viktor Kumikov o'rniga Baxtiyor Ashurmatovni taklif qildi. Endi jamoa yangi murabbiy qo'l ostida ijobiy natijalar qayd etishga urinib ko'radi.

AGMK bungacha faqat uch o'yinda g'alaba qozondi. SHundan bittasi uydagi uchrashuvda aynan "Lokomotiv" bilan kechgan bahsda ro'y bergan. AGMK uyda "Loko"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Yana ikkita g'alaba safarda qo'lga kiritilgan: "Neftchi" va "Metallurg" bilan o'yinlarda.

"Lokomotiv" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa yuqoriga ko'tarilishga harakat qilyapti-yu, ammo orada yuz bergan durang va mag'lubiyatlar jamoaning oyog'idan ushlab qolayotgandek. Masalan, "temiryo'lchilar" oxirgi to'rtta o'yindan faqat ikkitasida g'alaba qozonishdi. Oxirgi ikkita tur esa omadsiz yakunlandi.

"Loko" avvaliga TTZda "Qizilqum" bilan 2:2 o'ynagan bo'lsa, keyin safarda "Metallurg"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Umuman olganda, "Loko" shu paytgacha o'z maydonida 7ta uchrashuv o'tkazib, shundan uchtasida g'alabaga erishgan va to'rt marta yutqazgan.

Bugungi to'qnashuv oldidan imkoniyatlar haqida nima deyish mumkin? Tarkib borasida "Loko" raqibidan kuchli, ammo hamma gap jamoaning qanday o'yin ko'rsatishida. AGMK esa yangi murabbiy qo'l ostida birinchi o'yinini o'tkazadi va odatda birinchi o'yin muvaffaqiyatli chiqqanini ko'p ko'rganmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика