So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali yutmagan "Buxoro" ketma-ket uchta g'alabaga erishgan "So'g'diyona"ga qarshi Yangiliklar

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali yutmagan "Buxoro" ketma-ket uchta g'alabaga erishgan "So'g'diyona"ga qarshi

Bugun Coca Cola Superligasining 17-tur bahslariga start beriladi. "Buxoro" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalining 13-pog'onasida borayotgan "Buxoro" 5-o'ringa ko'tarilib olgan "So'g'diyona" bilan bahs olib boradi. SHuni aytish kerak, "Buxoro" ikkinchi davrada hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Jamoa ikki bor mag'lubiyatga uchrab, bir marta durang qayd etdi. 

"So'g'diyona" esa aksincha, xuddi "Paxtakor" kabi ketma-ket uchta g'alabaga erishdi. Jizzaxliklar avvaliga "Lokomotiv"ni 1:0, undan keyin mehmonda "Qo'qon-1912"ni 2:1 va uyda "Qizilqum"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. 

"Buxoro" uydagi o'yinlarda ochko yig'ish bo'yicha ham quyida boryapti. Jamoa atigi bitta bahsda zafar quchgan va bu g'alaba birinchi davraning oxirgi turida "Andijon" (1:0) ustidan qo'lga kiritilgan. Bundan tashqari "Buxoro" uydagi uchrashuvlarda eng kam gol urgan jamoa bo'lib turibdi. To'plar nisbati 4-11. 

Bugungi qarama-qarshilikning yana bir etiborga molik jihati Ulug'bek Baqoev "So'g'diyona" bosh murabbiyi sifatida sobiq jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu ham o'yinga bo'lgan qiziqishni oshirishi shubhasiz. "So'g'diyona" shu paytgacha safar o'yinlarida ikki bor zafar quchgan. Jamoa Qo'qonda g'alaba qozonganini yuqorida aytib o'tdik. Yana bir g'alaba Olmaliqda AGMK ustidan qo'lga kiritilgan. 

Bugun "Buxoro" g'alaba uchun bor kuchini ishga solishi shubhasiz. Yo'qsa Muhsin Muhammadiev jamoasi xavfli zonada qolib ketadi. O'z navbatida "So'g'diyona" ikkinchi davradagi qatorasiga uch g'alaba tasodif emasligini isbotlashga harakat qiladi. 

Coca Cola Superligasi. 17-tur. 17 avgust

«Buxoro» - «So'g'diyona»

Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olimjon Abduvosilov, Rishat No'monov, Komil Rasulov.

Nazoratchi: Arslon Hotamov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev 

Boshlanish vaqti 19:15.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика