So’nggi yangiliklar

20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0

Bugun futbol. "Buxoro" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 25-tur bahslariga start beriladi. "Buxoro" o'z maydonida amaldagi chempionni qabul qiladi.

Superliganing ikkinchi bosqichi boshlanganidan beri jamoalar ikkitadan o'yin o'tkazishdi. "Lokomotiv" ikki marta g'alabaga erishgan bo'lsa, "Buxoro" har ikkala o'yinda yutqazib qo'ydi. Buxoroliklar avvaliga "Bunyodkor", undan keyin "Paxtakor" mehmoni bo'lib mana shu bahslarda o'z darvozasidan 5ta to'p o'tkazib yubordi.

Ulug'bek Baqoev shogirdlari shu ikki o'yinda faqat bitta to'p kirita olishdi. Mana endi bugun jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Raqib ham anoyi emas. Amaldagi chempion - "Lokomotiv". Albatta, "Lokomotiv" jiddiy raqib hisoblanadi. Buning ustiga "Buxoro"ning ishlari yurishmayotgan bir paytda yanada qiyin bo'lishi turgan gap.

Birinchi bosqichda o'tkazilgan har ikkala uchrashuvda "Buxoro" raqibiga imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda 1:3 va uyda 0:1 hisobi qayd etilgan. Bilasizmi, "Buxoro" ketma-ket to'rtta o'yindan beri faqat mag'lubiyatga uchramoqda. Jamoa oxirgi marta o'z maydonida "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan.

21-tur. "Navbahor" - "Buxoro" 2:0
22-tur. "Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1
23-tur. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0
24-tur. "Paxtakor" - "Buxoro" 2:1

"Lokomotiv" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa hozircha turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Loko" ikkinchi bosqichni yaxshi boshladi. SHuningdek, birinchi bosqichni ham ijobiy yakunlagandi. "Lokomotiv" oxirgi 11ta uchrashuvdan beri yutqazmay kelyapti. "Temiryo'lchilar" so'nggi bor 13-tur o'yinida "Metallurg"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Bundan tashqari, "Lokomotiv" oxirgi 3ta turdan beri faqat g'alaba qozonyapti.

22-tur. "Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1
23-tur. "Metallurg" - "Lokomotiv" 0:1
24-tur. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика