Bugun Evropada uchta "klassiko" bor
28 okt 2018 12:40
Yangiliklar
Bugun Evropada uchta "klassiko" bor
Etiborlisi bugun bir yo'la uchta mamlakatda "Klassiko" bo'ladi. "Klassiko" deb o'z tarixida hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan jamoalar o'rtasidagi bahsga aytiladi.
Gollandiyada 33 karra chempion "Ayaks" va 15 karra chempion "Feyenoord" o'zaro kuch sinashishadi. Bu bahs "De Klassiker" deb nomlanadi. Mazkur jamoalar ayni paytda musobaqa jadvalida kuchli uchlikda borishmoqda.
Ispaniyada barchaga malum va mashhur "El-Klassiko" bo'lib o'tadi. Kataloniyada "Barselona" Madridning "Real" klubini qabul qiladi.
Nihoyat Franciyada "Marsel" va PSJ o'rtasidagi "Le Klassike" bo'lib o'tadi. Parijliklar dastlabki 10ta turda 10ta g'alabaga erishib ishonch bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turishibdi.
18:30 - "Ayaks" - "Feyenoord"
20:15 - "Barselona" - "Real Madrid"
01:00 - "Marsel" - PSJ
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar