Bugun Dubayda O'zbekiston – Xitoy o'yini o'tkaziladi
04 jan 2016 08:45
Yangiliklar


Bugun Dubayda O'zbekiston – Xitoy o'yini o'tkaziladi
Olimpiyachilarimizning raqibi Xitoy terma jamoasi bo'ladi. 9 yanvar kuniga qadar davom etadigan mazkur yakuniy yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi 6 yanvar kuni Iordaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Yig'in yakuniga etgach, terma jamoamiz delegaciyasi o'sha erning o'zidan to'g'ri Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga yo'l oladi. Mazkur qita chempionati Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir.
Osiyo chempionati yakunlariga ko'ra, kuchli uchlikdan joy olgan terma jamoalarga to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashish imkoniyati taqdim etiladi. Olimpiyachilarimiz Janubiy Koreya, Iroq va Yaman terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar