Bugun "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'ynaydi
22 apr 2015 08:21
Yangiliklar

Bugun "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'ynaydi
Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan o'yinlar bugun yakunlanadi.
Kecha ikki klubimiz ikki xil natija ko'rsatganidan xabaringiz bor.
Bugun "Bunyodkor" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubini qabul qiladi. Garchi "qaldirg'ochlar"ning guruhdan chiqa olmasliklari malum bo'lib ulgurgan bo'lsa ham jamoa g'alaba uchun o'ynashini kechagi matbuot anjumanida Sergey Lushan aytib o'tdi. Soat 19:00da boshlanadigan o'yinga barcha muxlislarni taklif qilamiz. SPORT TV uchrashuvni yozib olingan holda (21:00da) namoyish etadi.
"Paxtakor" esa Tehronda "Naft" klubi mehmoni bo'ladi. Keyingi bosqichga chiqish uchun bugungi o'yinda "sherlar"ga g'alaba juda zarur. Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda "Paxtakor" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshalandi. SPORT telekanali bu o'yinni jonli ravishda efirga uzatadi.
Saytimiz orqali har ikkala bahs matnli translyaciya qilinadi.

Fikrlar