So’nggi yangiliklar

09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  3 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  4 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  27 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  86 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2

Bugun Angliyada futbol. "CHelsi" - "Lester" Yangiliklar

Bugun Angliyada futbol. "CHelsi" - "Lester"

Teglar :  CHelsiLester
Bugung Angliya Premer-ligasida 8-tur bahslariga start beriladi. Mamlakatning amaldagi chempioni "Lester" safarda "CHelsi" mehmoni bo'ladi.

Angliya Premer-ligasi. 8-tur
CHELSI - LESTER SITI
Boshlanish vaqti
: 16:30

Turnir jadvalidagi o'rni: "CHelsi" 7-o'rinda (13 ochko), "Lester" 12-o'rinda (8 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 5 ochko.

Tarif: Bu turda mamlakatning amaldagi chempioni bilan avvalgi chempion o'zaro bahs olib borishadi. Hozircha imkoniyatlar teng baholanmoqda. Faqat biroz ustunlik maydon egalari "CHelsi" tomonida bo'lishi mumkin. Hozircha ikkala jamoa ham o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Natijada turnir jadvalida o'rta o'rinlarda borishmoqda.

Fakt: "CHelsi" o'z maydonida uchta uchrashuv o'tkazib, hozircha shundan ikkitasida g'alaba qozondi va bir bor mag'lub bo'ldi. Jamoa o'z maydonida "Vest Xem" va "Bernli"dan ustun kelgan hamda "Liverpul"ga imkoniyatni boy bergan.

Fakt: Yangi mavsumni ketma-ket uchta g'alaba bilan boshlagan Antonio Konte shogirdlari keyinchalik uchta turda g'alaba qozona olishmadi. Faqat oxirgi bahsda "Xall Siti" 2:0 hisobida mag'lub etildi.

Fakt: "Lester" o'tgan mavsum 38ta o'yindan faqat uchtasida mag'lub bo'lgandi. Jamoa bu gal ettita o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, allaqachon uch bor yutqazishga ulgurdi. Va qizig'i, uchala mag'lubiyat ham safar bellashuvlarida ro'y berdi. "Lester" safarda "Xall Siti", "Liverpul" va MYUga imkoniyatni boy bergan.

Fakt: "Lester" oxirgi ikkita safar o'yinida bir xil 1:4 hisobi bilan mag'lub bo'ldi. Jamoa safarda hozircha uchta gol urib, o'z darvozasidan 10ta to'p o'tkazib yuborgan.

Fakt: O'tgan mavsum "CHelsi" o'z maydonida bu jamoa bilan 1:1 hisobini qayd etgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика