So’nggi yangiliklar

17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  0 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  7 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   9 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  24 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  14 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4

Bugun Angliya Kubogida dahshatli bahs. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

Bugun Angliya Kubogida dahshatli bahs. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi prevyusi

Bugun Angliya Kubogining 1/16 finali doirasida "Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi o'tkaziladi.

26 yanvar 2019 yil. 00:55. London. "Emireyts"
Angliya Kubogi. 1/16 final
"Arsenal" – "Manchester Yunayted"
Diskvalificiyadagilar: -
Jarohatlanganlar: 
Rob Xolding, Denni Uelbek, Ektor Belerin, Genrix Mxitaryan - Markos Roxo, Kris Smolling, Maruan Fellaini

Angliya liga kubogidagi estafetani klublar o'rtasidagi "otaxon" turnir qabul qilib oladi. To'rtinchi raundning ilk o'yinidayoq qiziqarli va ashaddik raqiblar to'qnash keladi.

So'nggi yillarda "Arsenal" va "Manchester Yunayted" Angliya futbolida ikkinchi planga tushib qoldi. Ular endilikda ECHL yo'llanmasi uchun kurash olib borishmoqda. Biroq bundan bir necha yillar oldin ular APL chempionligi uchun asosiy davogar sanalishardi.

"Tumanli albion"dagi mana shunday jangning oldidan "Manchester Yunayted" uchun yoddan chiqmaydigan 1998/99 yilgi mavsum Angliya Kubogi yarim finalini esga olamiz. O'shanda jamoalar Bekxem va Bergkampning ajoyib harakatlari bilan gollar almashishgandi. 74-daqiqada Roy Kin chetlatilganidan keyin "qizil iblislar" bir kishi kam bo'lib qolishdi. Final hushtagi chalinishidan oldin "kanonirlar" Rey Parlor bilan o'yinni kuchaytirishdi va penalti ishlashdi. Ammo Petr SHmeyxel raqibi Dennis Bergkampning zarbasini qaytarib qahramon bo'lgandi. Qo'shimcha bo'limlarda Rayan Giggz o'z goli bilan jamoaga g'alaba keltirgandi.

O'sha uchrashuv qatnashchilaridan biri Ole-Gunnar Sulsher bo'lgandi. Norvegiyalik mutaxassis MYUda bosh murabbiy sifatida dastlabki 7 o'yinning barchasida g'alabaga erishgan ilk murabbiy bo'lib turibdi.

"Arsenal" hali ham barqaror jamoaga aylana olmayapti. Ayniqsa, mavsumning ushbu qismida jamoa o'z kuchini tejashni bilmayotgani uchun juda yomon o'yinlar ko'payib ketmoqda. Biroq londonliklar bugungi o'yinga ajoyib kayfiyatda tashrif buyurishadi. Ular bundan oldin "CHelsi" ustidan g'alabaga erishishdi, 2:0.

TAXMINIY TARKIBLAR

"CHelsi"ga qarshi o'yinda Ektor Belerin jarohat oldi. Bu jiddiy bo'lib chiqdi va u uchun mavsum yakunlandi. SHifokorlarning aytishiga ko'ra, futbolchi kamida 9 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi.

Demak, Unai Emeri o'ng qanot himoyasi uchun SHtefan Lixtshtayner yoki yosh Eynsli Meytlend-Naylsdan foydalanadi. Balki u bugun tajribaga ishonishi ham mumkin.

Darvozalarda esa katta ehtimol bilan CHex va Romeroni ko'ramiz. CHunki ular mavsum davomida ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

O'ZARO O'YINLAR

O'zaro o'yinlarda ustunlik "qizil iblislar" tomonida. Raqiblar shu kunga qadar barcha turnirlarda 228 marta o'zaro kuch sinashishgan. SHularning 81tasida "Arsenal", 96tasida "Manchester Yunayted" ustun kelgan. 51 o'yinda durang qayd etilgan. Gollar urish borasida ustunlik mankunianliklar tomonida - 322 - 349.

Angliya Kubogida esa jamoalar 15 marta o'zaro kuch sinashishgan. 6 marta "kanonirlar", 7 bora "qizil iblislar" bunda zafar quchishgan. 2 o'yinda g'olib aniqlanmagan. Gollar urish borasida ham tenglik: 19 - 19.

"Arsenal" 13, "Manchester Yunayted" 12 marta ushbu kubokni qo'lga kiritgan.

Jamoalarning so'nggi o'zaro 10 o'yini:

05.12.2018

Manchester Yunayted - Arsenal

2:2 (1:1)

29.04.2018

Manchester Yunayted - Arsenal

2:1 (1:0)

02.12.2017

Arsenal - Manchester Yunayted

1:3 (0:2)

07.05.2017

Arsenal - Manchester Yunayted

2:0 (0:0)

19.11.2016

Manchester Yunayted - Arsenal

1:1 (0:0)

28.02.2016

Manchester Yunayted - Arsenal

3:2 (2:1)

04.10.2015

Arsenal - Manchester Yunayted

3:0 (3:0)

17.05.2015

Manchester Yunayted - Arsenal

1:1 (1:0)

09.03.2015

Manchester Yunayted - Arsenal

1:2 (1:1)

22.11.2014

Arsenal - Manchester Yunayted

1:2 (0:0)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика