Bugun "Al-Ayn"ning 25 minglik stadioni ochiladi (foto)
24 jan 2014 16:04
Yangiliklar

Bugun "Al-Ayn"ning 25 minglik stadioni ochiladi (foto)
Bugun BAAning "Al-Ayn" shahrida shu nom bilan ataluvchi klubga tegishli yangi stadionning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
25 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Xazza Bin Zayed" nomini olgan stadiondagi ilk o'yin bugun "Al-Dafra" klubiga qarshi o'tkaziladi. Aslida bu stadionning ochilish marosimi 14 yanvar kuni bo'lib o'tishi lozim edi. Bu borada "Manchester Siti" klubi bilan ham kelishib olingandi. Biroq, "shaharliklar"ning Angliya Kubogidagi o'yini sabab bu reja amalga oshmay qolgandi. SHu tariqa, birgina "Al-Ayn" klubining o'zi 3ta stadionga ega bo'ldi. Birinchi stadionning nomi "Taxnun bin Muhammad", ikkinchisiniki "Xalifa bin Zayed".
Taxnunda "Al-Ayn" uy uchrashuvlarini, "Halifa"da esa mashg'ulotlarini o'tkazayotgandi. Bundan tashqari, bu o'yingohda milliy terma jamoamiz 1996 yili Osiyo Kubogi doirasidagi o'yinlarini ham o'tkazgan. SHuningdek, ikkinchi stadionda yaqinda o'smirlar o'rtasidagi JCH o'yinlari ham bo'lib o'tgan. Hozirda BAA mamlakati Osiyo Kubogi-2019ga davogarlik qilyapti. 25 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan bu o'yingoh kattaligi bo'yicha poytaxt Abu-Dabidagi stadionlardan so'ng uchinchisi bo'ladi.
Kamoliddin Alimov.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar