So’nggi yangiliklar

12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   0 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  7 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  3 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  12 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  10 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1

Bugun 23:00. "SHahr Xodro" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun 23:00. "SHahr Xodro" - "Paxtakor"

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 6-turida "Paxtakor" Eronning "SHahr Xodro" klubi bilan o'ynaydi.

Ushbu o'yindagi g'alaba "Paxtakor"ni nimchorak finalga olib chiqadi. SHu sababli mazkur bellashuv guruh bosqichidagi eng muhim uchrashuvga aylanadi. "Paxtakor" safida Sardor Sobirxo'jaev sariq kartochkalar bilan bog'liq diskvalifikaciya sababli o'ynay olmaydi.

"SHahr Xodro" futbol klubi unchalik katta tarixga emas. Bu jamoa 2013 yil Mashhad shahrida "Padideh Mashhad" nomi bilan tashkil qilingan. Keyinchalik nomi o'ziga egalik qiluvchi kompaniyalar guruhi nomiga mos qilib o'zgartirilgan. 2013 yilgacha jamoa "Mes Sarchashma" nomi bilan atalib, boshqa shahar sharafini himoya qilgan. So'ng klubda o'zgarishlar ro'y bergan va yangi jamoaga Mashhad shahrida asos solingan.

Jamoa bosh murabbiyi yaqinda faoliyatini tugatgan darvozabon Mahdi Rahmati sanaladi. U Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda darvozani qo'riqlagandi. Unga tajribali mutaxassis Muhammad Navazi yordamlashib kelmoqda.

"SHahr Xodro" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 23 sentyabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Doxadagi "Al Janub" stadionida boshlanadi.

"SHahr Xodro"ning CHempionlar Ligasi uchun futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar

1. Mahdi Rahmati
22. Muhammadjavod Kia
33. Matin Safaian

Himoyachilar

2. Muhammad Aqajanpur
3. Ali Nemati
4. Hussayn Moradmand
5. Farshad Faraji
17. Hasan Jafari
27. Muhammadali Faramarzi
66. Muhammad Muhammadzoda

Yarim himoyachilar

8. Akbar Sodig'i
9. Amin Qaseminajod
11. Hussayn Mehribon
16. Alirizo Asadabadi
18. Ali Taheran
78. Amirhassan Jafari
80. Ruholloh Sayfuolloh
88. Ali Nabizoda

Hujumchilar

7. Muhammad Qozi Najafabadi
14. Omid Mansuri
20. Muhammadrizo Xalatbari
21. Said Sodig'i
76. Murtazo Xurosoni



Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor"dan SHota Arveladze va Eren Derdiyok ishtirok etishdi.

SHota Arveladze: "Raqib uchun g'urur, biz uchun esa final o'yini bo'ladi"        

"SHahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"        

 

"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari tarixi

"SHerlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 18 marta to'qnash kelishgan.

"SHahr Xodro" bilan hisoblaganda jamoamiz Eronning jami 9 klubiga qarshi to'qnash kelgan. Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "SHerlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 18 bellashuvning 12tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 27 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida "SHerlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 18 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.

Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:

Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4
Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0
SHahr Xodro - 3:0



Bugungi bahsni suriyalik Hanna Hattab boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.


OCHL-2020
6-tur, "B" guruhi
"SHahr Xodro" - "Paxtakor"
Bosh hakam:
Hanna Hattab (Suriya)
Qanot hakamlari: Ali Ahmad (Suriya), Ronni Koh Min (Singapur)
Zaxira hakami: Masud Tufayeli (Suriya)
Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya)


Shahr Khodrou FC

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

23/09/2020, 23:00

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 65'

45'
90'
31'  Ali Taheran
45'  Mohammad Reza Khalatbari
45'  Ali Nemati
69'  Akbar Sadeghi
69'  Mohammad Reza Khalatbari (Hossein Mehraban)
76'  Abolhassan Jafari
78'  Ruhollah Seifollahi (Amirhassan Jafari)
78'  Mohammad Ali Faramarzi (Alireza Asadabadi)
46'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Akramjon Komilov)
46'  Odildzhon Khamrobekov (Vladimir Kozak)
65'  Jaloliddin Masharipov
67'  Yegor Krimets (Sadriddin Abdullaev)
73'  Akramjon Komilov
77'  Dragan Ceran (Asad Sobirzhonov)

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика