Bugun 17:00. O'zbekiston – Tojikiston
25 okt 2019 11:14
Yangiliklar


Bugun 17:00. O'zbekiston – Tojikiston
Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etmoqda. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi.
Kecha bo'lib o'tgan 2-tur bahsida terma jamoamiz Nepalni 4:1 hisobida mag'lub etdi va qita birinchiligiga yo'llanma oldi. SHuningdek, Tojikiston ham har ikki o'yinda g'olib bo'lgan holda yo'llanmaga ega chiqdi. Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da aynan O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari saralashni kim guruh g'olibi sifatida yakunlashini aniqlab olishadi.
"A" guruhi saralash bahslari taqvimi
23 oktyabr
14:30 - Tojikiston - Nepal 6:0
17:00 - O'zbekiston - Afg'oniston 6:2
24 oktyabr
14:30 - Afg'oniston - Tojikiston 2:5
17:00 - Nepal - O'zbekiston 1:4
25 oktyabr
14:30 - Nepal - Afg'oniston
17:00 - O'zbekiston - Tojikiston
O’xshash yangiliklar

Fikrlar