So’nggi yangiliklar

19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11

Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHahr Xodro" Yangiliklar

Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHahr Xodro"

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur o'yinlari start oladi.

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi o'z maydonida Eronning "SHahr Xodro" klubini qabul qiladi. "Paxtakor" dastlabki turda BAAning "SHabab Al Ahli" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "SHahr Xodro" safarda "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi - 0:2.


To'liq nomi: "SHahr Xodro" futbol klubi
Laqabi: "Xuroson sultonlari"
Tashkil etilgan yili: 2013
Stadioni: "Imom Rizo", 27700 o'rindiqli
Bosh murabbiyi: Stefane Enri (Italiya)

"SHahr Xodro" futbol klubi unchalik katta tarixga emas. Bu jamoa 2013 yil Mashhad shahrida "Padideh Mashhad" nomi bilan tashkil qilingan. Keyinchalik nomi o'ziga egalik qiluvchi kompaniyalar guruhi nomiga mos qilib o'zgartirilgan. 2013 yilgacha jamoa "Mes Sarchashma" nomi bilan atalib, boshqa shahar sharafini himoya qilgan. So'ng klubda o'zgarishlar ro'y bergan va yangi jamoaga Mashhad shahrida asos solingan.

Avvalgi mavsumda Eron chempionatida 4-o'rinni egallagan "SHahr Xodro" CHempionlar ligasining saralash bosqichidagi g'alabalar yordamida nufuzli musobaqada Eron nomidan qatnashadigan 13-klubga aylandi. Jamoa hozirgacha yuqori darajadagi sovrinlarni qo'lga kiritmagan. Joriy mavsum Eron chempionatida mashhadliklar 19 o'yinda 32 ochko to'plagan holda 5-pog'onada borishmoqda.



Jamoa bosh murabbiyi italiyalik Stefane Enri futbolchilik faoliyatida Franciya, SHveciya va SHveycariya klublari safida o'ynagan. Murabbiylik ishini Italiya klublarida boshlagan Enri keyinchalik Kongo terma jamoasini boshqargan. Keyinchalik Bolgariya, Liviya, Saudiya Arabistoni, BAA, Falastin, JAR, Kipr va Angliya klublarida faoliyat yuritgan. "Vulverxempton"da bir mavsum yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. SHu yilning yanvar oyidan boshlab "SHahr Hodro"ni mahalliy mutaxassis Mojtaba Sarosiyoiy bilan boshqarib kelmoqda.

Jamoa tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan iborat. Birgina legioner ukrainalik Miroslav Slavov CHempionlar ligasi o'yinlari uchun ro'yxatdan o'tkazilgan.

Darvozabonlar
1. Mahdi Rahmati
22. Muhammadjavod Kia

Himoyachilar
2. Muhammad Aqajanpur
3. Ali Nemati
4. Hussayn Moradmand
5. Farshad Faraji
17. Hasan Jafari
27. Muhammadali Faramarzi
66. Muhammad Muhammadzoda

Yarim himoyachilar
8. Akbar Sodig'i
9. Amin Qaseminajod
11. Hussayn Mehribon
15. Milad Sarlak
16. Alirizo Asadabadi
18. Ali Taheran
78. Amirhassan Jafari
80. Ruholloh Sayfuolloh
88. Ali Nabizoda

Hujumchilar
7. Muhammad Qozi Najafabadi
10. Miroslav Slavov (Ukraina)
14. Omid Mansuri
20. Muhammadrizo Xalatbari
21. Said Sodig'i
76. Murtazo Xurosoni

    

"Paxtakor" OCHLga "zayavka"sini elon qildi        


 O'yinni shri-lankalik Dilan Perera boshqarib boradi. Hozirgacha ushbu referi "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuvlarda ishlamagan. Unga Gedara Palitxa va Sanjiva Premalal qanotlarda yordam berishadi. Yaponiyalik Toru Kamikava hakamlar nazoratchisi vazifasini bajarsa, koreyalik Jan Xo Kvan o'yin komissari sifatida faoliyat ko'rsatadi.

OCHL, "B" guruhi
2-tur, 17.02.2020, 16:00
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor" - "SHahr Xodro"
Hakamlar:
Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi SHri-Lankadan).
Hakamlar nazoratchisi: Toru Kamikava (Yaponiya).
Komissar: Jan Xo Kvan (Koreya).

Eldor Suyunov: "Eron jamoalari tartibli futbol namoyish etishadi"    


"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari statistikasi

"SHerlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 17 marta to'qnash kelishgan.

"SHahr Xodro" bilan jamoa ilk bor to'qnash keladi. Bunga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to'qnash kelingan. Demak, Mashhad shahri jamoasiga qarshi o'yin bilan "Paxtakor" va Eron klublari o'rtasidagi yangi qarama-qarshilik boshlanadi.

Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "SHerlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 17 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 24 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 9 uchrashuvning barchasida "SHerlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 15 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.

Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:

Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4
Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0

SHota Arveladze: "Muxlislar ertaga ham biz bilan bo'lishlariga ishonaman"    

Stefan Kuzin: “Ertaga kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz, lekin...”



Foto. "SHahr Xodro" "Paxtakor"ga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi GALEREYA

Foto. "Paxtakor" ertangi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA        

 

Pakhtakor Tashkent

Igor Sergeev - 56', Igor Sergeev - 59', Sherzod Azamov - 87'

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

17/02/2020, 16:00

0
:
3
Tugadi

Shahr Khodrou FC

45'
90'
45'  Sherzod Azamov
56'  Igor Sergeev
59'  Igor Sergeev
67'  Dragan Ceran
76'  Dostonbek Khamdamov
84'  Sardor Sabirkhodjaev (Khumoyunmirzo Iminov)
87'  Sherzod Azamov
90'  Dragan Ceran (Eren Derdiyok)
90'  Dostonbek Khamdamov (Asad Sobirzhonov)
64'  Ruhollah Seifollahi (Amin Ghaseminejad)
66'  Abolhassan Jafari (Mohammad Aghajanpour)
69'  Mohammad Moradmand
84'  Saeid Sadeghi (Hossein Mehraban)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика