So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  4 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

Bugun 15:15. Saudiya Arabistoni U-23 - O'zbekiston U-23 Yangiliklar

Bugun 15:15. Saudiya Arabistoni U-23 - O'zbekiston U-23

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo'lib o'tadi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi finalga chiqish va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi.


SAUDIYA ARABISTONI BOSIB O'TGAN YO'L

Saudiya Arabistoni musobaqani Yaponiyaga qarshi o'yinda 2:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. So'ngra Qatar bilan 0:0 hisobida durang qayd etildi. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda Suriya 1:0 hisobida taslim qilindi. CHorak finalda Saudiya Arabistoni mezbon Tailandni 1:0 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqdi.


O'YINOLDI MATBUOT ANJUMANI

“Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o'yin. Yarim finalga eng kuchli jamoalar etib kelishgan. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan to'qnash kelamiz. Bu jamoada jismoniy va texnik jihatdan kuchli o'yinchilar bor. Biz ularni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, bor etiborimizni mazkur o'yinga qaratamiz.

Oldindagi o'yinlar biz uchun qiyin va masuliyatli. Qo'l ostimdagi yigitlar bilan finalga chiqishimizga ishonaman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hozirda O'zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz. Mazkur o'yinda g'alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni maqsad qilganmiz", - dedi Drulovich.


HAKAMLAR

Unga ko'ra Saudiya Arabistoni va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Sato 1977 yilda tug'ilgan va 2009 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.

Ryuji Sato ushbu musobaqada Tailand - Bahrayn (5:0), Iordaniya - Vetnam (0:0) va Avstraliya - Suriya (1:0) o'yinlarida bosh hakam bo'lib ishladi.


U-23 Osiyo chempionati
Yarim final
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston
22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy) 



Saudi Arabia U23

AFC U23 Championship Final Stage . 1/2-tur

22/01/2020, 15:15

0
:
1
Tugadi

Uzbekistan U23

45'
90'


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика