So’nggi yangiliklar

15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  0 15:05"Акрон" — "Ахмат". Таркиблар маълум  2 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  4 14:47"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  1 14:41Носир Абдусаломов: "Қаршига қуруқ қўл билан қайтиб кетиш учун бормаган эдик"  1 14:25"Қўқон-1912" ва ОКМК ўртасида тўртта гол урилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:57"Реал" "Милан" ва Франция терма жамоаси юлдузининг трансфери учун дастлабки қадамларни ташлади  2 13:21Авазбек Ўлмасалиев: "Автогол? Ўзимизга эмас фақат "Қўқон-1912"га урганимда ундан ҳам зўр бўларди"  0 13:01Анчелоттининг ўғли бош мураббий бўлиши мумкин  1 12:43Игорь Сергеев: "Бухороликларга тушкунликка тушмасликларини тилайман. Буни ҳаёт, буни футбол дейдилар"  1 12:26Владимир Назаров: "Голли узатма амалга ошириш ёқимли. Лекин бу кўрсатмаларнинг бир бўлаги эди"  0 12:09Муҳаммадали Ўринбоев: "Европага яна йўл олиш? Яхши янгиликлар бўлиб қолади"  2 11:48Иброҳим Ибрагимов: "Хорижлик мураббийнинг кўрсатмаларини тўлиқ англамагандирмиз"  5 11:23"Интер"ни икки ҳужумчи тарк этиши мумкин  0 09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  23

Bugalo debyut qilganida, kim necha yoshda edi? Bu qiziq! Yangiliklar

Bugalo debyut qilganida, kim necha yoshda edi? Bu qiziq!

Menimcha, O'zbekiston futboli tarixidagi eng kuchli posbon kim deganda, so'zsiz Pavel Bugaloni ko'rsatamiz.
Yana bir necha oydan so'ng 40 yoshni qarshi oladigan “kiper”, bugungi kunda "Bunyodkor"ning asosiy tarkib posboniga aylanib ulgurdi. Ajab emas, u Avstarliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida hech bo'lmasa uchinchi posbon sifatida ishtirok etsa.

Yaqinda "Sports.ru" saytida Giggz va uning "MYU"dagi jamoadoshlarining yoshi taqqoslangan blogni ko'rib, uni Pavel Bugaloda qo'llashga axd qildim.




"Bunyodkor"ning bugungi asosiy tarkibi, Pavel Bugalo debyut qilgan kun:

Sahob Jo'raev. 5 yosh, 5 oy
Sergey Simonenko. 11 yosh, 6 oy
Xayrulla Karimov. 13 yosh, 10 oy
Akmal SHorahmedov. 5 yosh, 11 oy
Dilshod Jo'raev. 2 oy
Sardor Sobirxo'jaev. Tug'ilmagan.
Sardor Rashidov. 1 yosh
Oleg Zoteev. 3 yosh, 1 oy
Oleksandr Pishur. 11 yosh, 5 oy
Anvar Berdiev. 14 yosh, 1 oy

Bugalo 1992 yilning 20 iyunida "Paxtakor" safida debyut uchrashuvini o'tkazadi. O'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qilgan "Paxtakor" 4:1 hisobda g'alaba qozonadi. Mazkur uchrashuvning 79-daqiqasida Bugalo jarohat olgan Anvar Jabborovning o'rniga maydonga tushadi. O'yin qaydnomasi barchangizga qiziq bo'lsa kerak. Jizzaxliklar darvozasidan o'rin olgan gollardan biriga Farhod Magometov mualliflik qilgan edi.

"PAXTAKOR" - "SO'G'DIYONA" - 4:1
20.06.1992. 17 tur.
1000 tomoshabin.
Bosh hakam: Voronin Konstantin
Gollar: Magometov Farhod, Nazarov Erkin, Marufaliev Abduqahhor, Kechinov Valeriy - Narziqulov Samad.
"PAXTAKOR": Jabborov Anvar (BUGALO PAVEL, 79); Aliev Murod; Magometov Farhod; Nazarov Erkin; Ergashev Hikmat; Tursunov Saydullo (Kojuxov Aleksandr, 74); Hasanov No'mon; Marufaliev Abduqahhor; Sinelobov Oleg; Kechinov Valeriy (Abduxoliqov Aleksandr, 75); Galiev Rifat
"SO'G'DIYONA": Kudimov Andrey; Merejko Vladimir; Makarov Viktor; Nikiforov Igor; Pankov Ruslan; Narziqulov Samad (Tyulkin Oleg, 60); Otajonov Murod; G'ofurov Baxtiyor; Andreev Vladimir (Sultonov Vali, 46); Gay Robert (Susskiy Nikolay, 60); Bogdanov Grigoriy
Ogohlantirish: Makarov Viktor, 62



"Paxtakor"-93. Bugalo Ilhom SHaripov va SHuhrat Maqsudovlarning o'rtasida.

Yana bir qiziq malumot shuki, allaqachon futbolchilik faoliyatlarini yakunlab yuborgan, bugunda "Bunyodkor" jamoasining murabbiylar shtabidan o'rin olgan Murod Otajonov va Hikmat Ergashev mazkur to'qnashuvda harakat qilgan.

Keling, endi mavzuning eng qiziq joyiga qaytamiz. Pavel Bualo O'zbekiston chempionatida debyut qilgan payti Sardor Sobirxo'jaev hali dunyoga kelmagan edi. Sardor Rashidov esa endigina bir yoshni qarshi olgandi. Sahob Jo'raevning bog'chaga chiqqan paytlari. SHorahmedov endi birinchi sinfga borish harakatida yurgan.



1998 yil. Pavel Bugalo ikkinchi marotaba O'zbekiston chempioni unvonini qo'lga kiritgan kecha.

Pavel  Bugalo O'zbekiston futboli tarixida “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo'lgan   yagona posbon. Bo'lib ham, u bu unvonga ikki marotaba sazovor bo'lgan.

MTJ  safida roppa-rosa 40 marta maydonga tushgan. Debyut o'yini, kimsan Nigeriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda bo'lgan. Lagosda, 60 000 tomoshabin qarshisida bo'lib o'tgan bahsda afrikaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuv qaydnomasi sizga qiziq bo'lishi aniq.

Nigeriya - O'ZBEKISTON - 1:0 (0:0)
10.11.1995.
Lagos. “Sulurere” stadioni. 60000 tomoshabin.
Afro-Osiyo o'yini. Final. Javob uchrashuvi (birinchi uchrashuv 3:2).
Bosh hakam: MAGASSA Sidi Bekae (Mali)
Gol:1:0 - AMUNIKE Emanuel, 82
Nigeriya: AGU Aloy; EGUAVON Avgustin; BABAYARO Selestin; OKAFOR Uche; OKECHUKVU Uche; FINIDI Djordj; ADEPOJU Mutiu (OKOCHA Avgustin, 60); OLISE Sandey; IKPEBA Viktor; KANU Nvanku (SIASIA Samson, 60); AMOKACHI Daniel (AMUNIKE Emanuel, 46)
O'ZBEKISTON: BUGALO Pavel; ZAXAROV Andrey; MAGOMETOV Farhod; RO'ZIMOV Ulug'bek (NAMOZOV Baxtiyor, 80); HOSHIMOV Akmal; SHARIPOV Ilhom; BOZOROV Ravshan; LEBEDEV Sergey (MA'RUFALIEV Abduqahhor, 42); ABDURAIMOV Azamat; QOSIMOV Mirjalol; MAQSUDOV SHuhrat (NAZAROV Dilmurod, 46).

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика