Buffon PSJni tark etadi

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 17:16
Joriy mavsum darvozabon Janluiji Buffon uchun PSJdagi so'nggisi bo'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar 41 yoshli posbon bilan shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalanmaydi. Shu sababli futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

Buffon 2018 yilning yozida erkin agent sifatida "Yuventus"dan PSJga o'tgan edi. U joriy mavsum Fransiya chempionatining 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 21ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca