Buffon PSJda yana 3 yil qolishi mumkin
01 apr 2019 22:22
Yangiliklar


Buffon PSJda yana 3 yil qolishi mumkin
Italiyalik darvozabon Janluiji Buffonning PSJ bilan shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etishi kerak edi.
Biroq, parijliklar Buffon bilan yana 2 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani haqida Sky Sports nashri xabar bergandi.
ESPN’ning malumotiga ko'ra esa Franciya chempioni mazkur kelishuvga qo'shimcha sifatida 41 yoshli darvozabonning shartnomasini yana bir yilga uzaytirmoqchi. Agar barchasi ijobiy yakunlansa Buffon 2+1 ko'rinishida 2022-yilning yoziga qadar PSJ sharafini himoya qiladi.
Malumot o'rnida, yangi kelishuvga ko'ra Buffonning maoshi va bonus tarzida oladigan mablag'i yuqoriroq bo'ladi. U ushbu mavsum klub safida 20ta o'yinda maydonga tushib, Franciya superkubogi g'olibligini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar