Buffon: “Kasilyas “Real”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi”
06 noy 2013 10:41
Yangiliklar


Buffon: “Kasilyas “Real”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi”
Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon, CHempionlar ligasi doirasida o'tkazilgan o'yindan so'ng, madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.
CHempionlar ligasi doirasida “Yuventus” “Qirollik klubi”ga qarshi maydonga tushdi. O'z maydonlarida o'ynagan Antonio Konte shogirdlari, ikkita to'p kiritishga va bir ochkoni qo'lga kiritishga erishdilar.
“Kasilyas esa ushbu o'yin natijasiga katta tasir ko'rsatdi. U ajoyib o'yin namoyish etdi va uch marotaba darvozasini goldan qutqarib qoldi. “Real”ning hujum chizig'iga keladigan bo'lsak, bu borada jamoada hech qanday muammo yo'q. Biz esa keyingi o'yinlar haqida bosh qotirib, kurashni davom ettirishimiz kerak”, - deydi Buffon.

Fikrlar