Buffon Italiya terma jamoasini boshqarishni xohlaydi Yangiliklar

Buffon Italiya terma jamoasini boshqarishni xohlaydi

Italiya terma jamoasi va "Yuventus" sobiq darvozaboni Janluiji Buffon mamnuniyat bilan "Skuadra Adzurra"ning ustoziga aylanishini aytdi.

"Men Italiya termasini boshqarish qiziqaman. Maydondagi sobiq jamoadoshlarimni B Seriyada murabbiy sifatida ko'rganimda ichimdan g'alati tuyg'ular o'tadi – de Rossi, Grosso, Inzagi... Men esa hali ham o'ynayapman",  – dedi 44 yoshli Buffon.

Buffon joriy mavsum B Seriyada "Parma" uchun 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol o'tkazib yubordi. Janluiji beshta jahon chempionatida qatnashgan (1998, 2002, 2006, 2010, 2014). 2006 yilda ushbu turnir g'olibi bo'lgan, shuningdek, u eng yaxshi darvozabon deb tan olingan. Bundan tashqari, Buffon to'rtta Evropa chempionati (2004, 2008, 2012, 2016), ikkita Konfederaciyalar Kubogi (2009, 2013) va 1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика