Buffon: Hakamning yuragi yo'q, uning o'rnida axlat qutisi bor
12 apr 2018 08:31
Yangiliklar


Buffon: Hakamning yuragi yo'q, uning o'rnida axlat qutisi bor
Yuventus darvozaboni Janluiji Buffon Realga qarshi o'yindan so'ng bosh hakam Maykl Oliverni tanqid qildi.
Qo'shimcha daqiqalarda bosh hakam penalti belgiladi va uni Ronaldu aniq amalga oshirdi. Hakam bilan tortishgani uchun Buffon maydondan chetlatildi.
«Bu 10 foizga ham penalti emas. Hakam nimani ko'rganini bilmayman. Birinchi o'yinda 93-daqiqada xuddi shunday vaziyatda bizga penalti berishmagandi, bugun esa raqibga berishdi.
Hakamning yuragining o'rnida axlat qutisi bor. Agar bunday stadionda maydonga tushishga qo'rqsang tribunada oilang bilan o'tir, Sprite ich va chips chayna. Jamoaning orzusiga rahna solish kerak emas.
«Real» ikki o'yin natijasiga ko'ra haqli tarzda keyingi bosqichga chiqdi. Ularga omad tilayman. Ammo biz kamida qo'shimcha taymlarga munosib edik», – deydi Buffon.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar