So’nggi yangiliklar

07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1

Buffon faoliyatini davom ettirishi uchun 5 variant Yangiliklar

Buffon faoliyatini davom ettirishi uchun 5 variant

Afsonaviy darvozabonning Turindagi faoliyati yakunlandi.

17 yildan buyon u "Yuventus" tarkibida harakat qildi va A Seriyaning 11 chempionligiga erishdi, Italiya termasi bilan jahon chempioniga aylandi. 40 yoshga kirganda u "Yuve"dan ketmoqda, biroq futboldan emas.

Biz Janluiji Buffon faoliyatini davom ettirishi uchun eng yaxshi 5 variant haqida fikr yuritamiz.

PSJ

So'nggi kunlarda parijliklar darvozabon uchun ikki yillik shartnoma taklif qilayotgani borasida malumotlar berilmoqda. Bu variant Buffon uchun eng yaxshilaridan biri bo'lishi mumkin. Sababi, PSJda top-darajadagi darvozabon yo'q. Kevin Trapp har doim ham ishonchlarni oqlay olmaydi. Areola ham yaxshi darvozabon, u Trapp bilan raqobatda g'oliblikka erishdi. Biroq unga ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik va mahorat etishmaydi. PSJ rahbariyati darvozani dunyo darajasidagi posbon qo'riqlashni istayotgani aniq. CHunki so'nggi mavsumda Areola bir qator qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. PSJning eng zaif tomoni - darvozabonligi aniq.

Buffonning transferi - PSJ uchun marketing tomondan ham yaxshi yurishga aylanadi. Asosiysi, Buffon zaxirada o'tirib qolsa ham xafa bo'lmaydi. Uning katta kuchi - jamoani ruhlantira olishidir.

"PARMA"

Qaerdan chiqqan bo'lsa, o'sha erga qaytish - romantik variant.

2001 yilda Buffon dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylandi. O'shanda "Parma" Buffonning transferidan 51 mln evro ishlab olgandi. O'tgan 17 yil mobaynida parmaliklar og'ir damlarni boshdan kechirdi, hozirda esa jamoa kichik uyg'onish davrini o'tkazmoqda. "Parma" keskin kurashlar ostida kechgan V Seriya bahslarida elita yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Buffon allaqachon jamoani ushbu yutuq bilan tabriklab bo'lgan.

Tushunarliki, "Parma" Buffonning qaytishini istaydi. Biroq ikki muammo bor - mablag' va ambiciyalar. "Parma" 40 yoshli himoyachi Lukarellining pullari orqali "tirikchilik" qilmoqda, shuningdek ular yangi mavsumda ham "yashab qolish" uchun kurashadi. Jijining ketishi aniq, uning moliyaviy tomondan hech qanday muammosi yo'q. SHu boisdan u sobiq jamoasiga yordam berishi mumkin.

"LIVERPUL"

Janluijining "Liverpul"ga o'tishi borasidagi xabar qishdayoq tarqagandi. O'shanda Mersisayd jamoasida ananaviy ravishda darvozabonlikda muammolar ko'zga tashlanayotgandi, Karius va Minole esa ketma-ketlikda o'yinlarda maydonga tushishayotgandi. Ayni damda ham "Liverpul" uni transfer qilish harakatlarida bo'lib yuribdi.

Buffonning "Liverpul"ga o'tishi - yaxshi piar. Biroq bir yomon tomoni bor. U shu yoshiga kirganida APLga o'tmasligi mumkin. Buffon uchun bu variant yaxshi bo'lmasa kerak. Balki u o'zini APLda sinab ko'rmoqchidir...

"BOKA XUNIORS"

Buffon hayotida biror marta ham ECHL sovrinini yutmagan. "Boka Xuniors" esa unga o'z qitasining eng katta titulini qo'lga kiritishda yordam berishini so'ragandi. "Xuniors"ning ayni damdagi asosiy posboni 22 yoshda. Agustin Ross hali top-darvozabon emas, uni termaga chaqirishmaydi.

Buffon uchun eng yaxshi variantlardan biri aynan shu jamoa. Bu erda u asosiy posbonga aylanadi. Maoshi uzog'i bilan 2,5 mln evro bo'lsa ham, barcha uni hurmat qiladi.

MLS, AVSTRALIYA

Bu ham eng yaxshi variantlardan biri. Agarda u pulni istaydigan bo'lsa, o'sha erda yaxshigina maosh oladi. SHuningdek, 40 yoshli darvozabon uchun ushbu chempionatlar juda mos keladi.

U erlarga borishning yana bir afzalligi bor - shu orqali u "Yuve"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.

Bir vaqtlar u: "Yoki "Yuventus" yoki hech nima", - degandi.

Buffon hali faoliyatini yakunlamadi. Yaqinlashib kelayotgan mavsum uning uchun so'nggisi bo'lishi mumkin. U juda ko'p marta "Yuve"dan boshqa jamoada o'ynamasligini aytgandi. Biroq taqdir charxpalagi boshqachasiga aylanmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика