

"Bu juda chiroyli skudetto bo'ldi. Ketma-ket besh yildan buyon qo'lga kiritilgan chempionlikning dastlabkisi kutilmaganligi bilan shirin bo'lgandi. Bu safargisi esa o'ta qiyinchilik bilan qo'lga kiritilgani tufayli yanada yoqimli. Bu katta g'alabamizni yaqinda jarohat olgan Markizioga bag'ishlaymiz. TUrnir jadvalida 15-pog'onada borganimizda ham "kambek" haqida o'ylar yo'q emasdi. Biz ruhiy tomonlama va texnik taraflama juda yuqori sifatimizni namoyish eta oldik. Bu kabi sifatlar bilan hamma ham maqtana olmaydi. YCHL? O'ylashimcha, hali yana 2-3 yil futbol o'ynayman. Agarda YCHLda g'olib bo'lish istagi bo'lmaganida, men allaqachon faoliyatimni tugatardim", - deydi Buffon.



