Bubnov: "Odil Ahmedovning natijalari xatto "Barselona"dagi Serxio Busketsda ham yo'q"
22 apr 2015 12:16
Yangiliklar


Bubnov: "Odil Ahmedovning natijalari xatto "Barselona"dagi Serxio Busketsda ham yo'q"
"Odil Ahmedov juda ajoyib o'yin ko'rsatganini aytish uchun rus chempiontida o'ynaga barcha futbolchilarning texnik-taktik harakatlari (TTH) arxivini ochishimga hojat yo'q. Ustiga ustak, bu rus chempionati uchun yangilik va jahon futbolida ham etib bo'lmaydigan saviya. Bunday ko'rsatkichlar xatto men barchaga namuna sifatida ko'rsatadigan "Barselona"dagi Serxio Busketsda ham yo'q.
Demak, Ahmedov 152ta TTHni amalga oshirgan va ularning bor-yo'g'i 9,9% brak! Odilning bu o'yini bilan ertaga uni "Barselona" yoki "Real"ning asosiy tarkibiga qo'yish kerak. U yuqori saviyada o'ynashga tayyor! Agar Ahmedovning jamoadoshlari ham shu darajaga biroz yaqin kelganida, CSKA xatto durang haqida ham orzu qilgan bo'lardi. Pereyra, Mamaev, Ari va Laborde o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Odatda ularga ko'p narsa bog'liq" - deydi Bubnov.

Fikrlar