So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

"Bu sotqinlik". Luis Enrike qizi o'limidan so'ng uning o'rnini egallab, jamoada qolishni istab qolgan Moreno haqida gapirdi Yangiliklar

"Bu sotqinlik". Luis Enrike qizi o'limidan so'ng uning o'rnini egallab, jamoada qolishni istab qolgan Moreno haqida gapirdi

JCH-2018dan so'ng Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, ammo qizida aniqlangan rak va uning vafotidan so'ng murabbiy istefoga chiqdi.

2019 yilning mart oyida Enrike o'rnini uning yordamchisi Robert Moreno egalladi. U Ispaniyani Evroga olib chiqdi, ammo Ruminiyaga qarshi bahsdan so'ng ketdi, Enrike terma jamoaga qaytdi.


Yozishlaricha, Moreno istefoni juda og'ir qabul qilibdi: Futbolchilarga ishdan bo'shagani haqida aytib, yig'ladi va Ruminiyaga qarshi bahsdan so'ng matbuot-anjumanida ishtirok etmadi. U bosh murabbiy sifatida Evroga borishni judayam istagan edi. SHu sababli Enrike bilan janjallashib qoldi.


Luis Enrike chorshanba kuni matbuot-anjumanida ushbu voqea bo'yicha o'z talqinini aytib berdi. Ushbu anjumandagi asosiy so'zlarni etiboringizga havola qilamiz:


- Enrike terma jamoadan ketganidan so'ng Moreno bilan faqat bir marta - 12 sentyabrda uchrashdi. Ular 20-30 daqiqa suhbatlashishdi va Moreno Enrikega Evro-2020da asosiy murabbiy bo'lib ishlashni xohlayotganini, Luis shtabiga esa turnirdan so'ng qaytmoqchiligini malum qildi.


"Bundan hayron bo'lmadim, chunki u qanday ishlayotganini ko'rdim. Biroq bu men uchun sotqinlik, men bunday qilmagan bo'lardim. Mening shtabimda bunday fel-atvorga ega inson bo'lishini istamayman. SHuhratga intilish yaxshi, ammo bu xaddan tashqari ko'payib ketishi - katta kamchilik. Aynan shu sabab quyidagi qarorni qabul qildim: Uni boshqa yordamchim sifatida ko'rmoqchi emasman. Uchrashuvni yaxshi kayfiyatda yakunladik. Keyin o'z shtabimdagilarga qo'ng'iroq qilib, ularning fikri bilan qiziqdim" - deydi Luis Enrike.


- Enrikening aytishicha, Morenoning istefosida Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi prezidenti Luis Rubiales va sport direktor Xose Molina ishtirok etgani yo'q. "Robert Moreno bu erda yo'qligiga yagona javobgar inson - faqat men".


- Morenoning ishiga etiroz yo'q, Ispaniya terma jamoasi saralashni juda yaxshi yakunladi. "Professionallik jihatidan Morenoni tanqid qila olmayman, u yaxshi murabbiy. Uning niyatlari o'zgarguniga qadar Robertga shubha qilmaganman. To'g'ri, bu vaziyatda yaxshi ish qilmayapman, ammo yomon ish sodir bo'ldi deb ham bo'lmaydi. Keling, ahlat titmay qo'ya qolaylik".


- Enrike qadr-qimmat haqida ham gapirdi: "Kimdir aziyat chekishidan quvonmayman, ammo hech narsadan afsuslanmayman. Bu ish uchun qisman javobgarman. Qadr-qimmat haqida hech kimga dars o'tish niyatim yo'q, biroq bizning ishimizda bu juda muhim, chunki biz kelajak avlod uchun namunamiz.

Hayotiy vaziyatlar inson fel-atvorini, uning haqiqiy yuzini ko'rsatib beradi. Ular kimga ishonish mumkin, kimga esa yo'qligini namoyish etdi. Endi shunga qarab ish qilaman".


- Enrike Moreno haqida juda ko'p gapirganidan xatto Evro-2020 uchun murabbiylar shtabi haqida gapirayotib Robertni o'zining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi sifatida elon qilib yubordi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика