Bu safar durang: Armaniston – O'zbekiston - 1:1
29 apr 2015 08:24
Yangiliklar
Bu safar durang: Armaniston – O'zbekiston - 1:1
Erevan shahrida Armaniston va O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Avans futbol akademiyasi maydonida bo'lib o'tgan o'yinda bu safar 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz so'nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolgan. Aniqrog'i, asosiy vaqtga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Saidjamol Davlatjonov muvozanatni tiklagan. O'yinning 59-daqiqasida Robert Minasyan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jamoaning 26 aprel kuni bo'lib o'tgan ilk uchrashuvida terma jamoamiz 3:1 hisobida g'alaba qozongandi. Endi Jasur Abduraimov jamoasi may oyida Qatar yoshlar terma jamoasi bilan Doha va Toshkentda bittadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda.

championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar