Bu qiziq! Surxonda Husniddin G'ofurovlar endi ikkitaga etdi Yangiliklar

Bu qiziq! Surxonda Husniddin G'ofurovlar endi ikkitaga etdi

Termizliklar bu yil ham selekciya ishlarini keng tarzda olib bormoqda.

Jamoa o'quv-yig'inida yana bir nechta yangilarni uchratish mumkin. Xususan, o'tgan mavsumni «Lokomotiv» va «Paxtakor»  jamoasida o'tkazgan Husniddin G'ofurov joriy mavsumni «Surxon»da o'tkazadigan bo'ldi. Aytish kerakki, o'tgan yili termizliklar «Paxtakor»dan boshqa bir Husniddin G'ofurovni ijaraga olgandi. SHu tariqa endi «Surxon»da ikki nafar Husniddin G'ofurov o'ynaydigan bo'ldi. Eng qizig'i, ushbu adashlar 2013 yili ham O'zbekiston birinchi ligasida «NBU-Osiyo» sharafini himoya qilgandi. Ularning yo'llari 7 yildan so'ng yana kesishdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика