So’nggi yangiliklar

13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  0 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  3 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  4 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  1 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  3 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  1 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  3 09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  3 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  7 07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  1

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari (2-kun) Yangiliklar

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari (2-kun)

Vada berganimdek Dakka shahridaki ikkinchi kun haqida sizlar bilan ulashaman.
Bangladesh sari yo'lda biroz toliqdim shekilli ertalabki nonushtani soat 12:00da qildim.

Kelgan kunimda futbolchilar: Aka suviga cho'miling lekin tishni gazsiz suvda yuvganingiz maqul ekan, chunki bulardagi bor bakteriyalarga bizni organizmimizda antibakteriya ishlab chiqarmagan shu uchun ehtiyot shart shunday qilganingiz maqul deyishidi. Oddiy suvni ichishni xattoki o'ylamang ham.



Har qanday mamlakatga borganimda bo'sh vaqtni o'sha yurtni etiborga loyiq va tarixiy joylariga sayr qilar edim, lekin bu erda negadir mehmonhonadan xattoki ko'chaga chiqish ham biroz odamni hayajonlantiradi. Undan tashqari gruhdagi birinchi o'yin shu sabab soat 12:30da stadion sari yo'l oldim, stadionda esa qiziq manzara: faraz qiling “Bunyodkor” stadioni va uni tashqi birinchi qavati aylanasiga bozor, bozor bo'lgandayam haqiqiy "yoyma bozor" stadion kiyinish xonalarini rasmini kecha ko'rdingiz...



Bugun eslatmasam ham bo'ladi o'yinga 30 daqiqa qolganida ham stadionda bitta ham odam ko'rinmadi, garchi bilet narhi juda arzon bo'lsa ham taxminan 1000-2000 so'm, vip sektor 5000 so'm odamlar uchun bu narh sal qimmatlik qilar ekan. SHartta 50 ta bilet oldimda bangladeshlik "o'zbek"larga tarqatdim ularni xursandligini ko'rsangiz edi.
O'yin boshlanishiga yaqin 10ta 2metrli bayroq 150 ta kichkina bayroqchalardan tarqatdim 10 ta futbolka ham tarqatdim. O'yin boshlanishiga qarasam 10 ta bayroqdan 3tasi bor xolos, qolgani g'oyib bo'lgan...



Futbolkadan esa 4 tasi kiyilgan, “qolgani quyonni rasmini chizvoribti”. Bu xalq biram ajoyibki: stadion to'la bo'sh joy, lekin 4 ta muxlis o'yin boshidan oxirigacha qandaydir beton ustiga o'tirvolib futbol tomosha qilishdi. Bir choynak ko'k choy etishmadi xolos.



Bizning jamoa chiqishidan o'yin tugagunga qadar elkama-elka turib muxlislik qildik, ammo lekin Hindistonni o'yinchilari biz tomonga kelib qolsa yoki echinish xonasiga oldimizdan o'tib qolsa bormi, kamida to'qqiz etajlik "siylovlaaar" eng yahshi ko'rgan "siylov"lari esa "buvva india buvva india", va yana ora orasida g'azab bilan "chortu chortu" deb ham qo'yishadi.



Tarjimasini yozmaganim maqul. Ikkinchi bo'lim boshlanishida ne ko'z bilan qarayki haligi 3ta bayroqdan atiga bittasi qoldi. Ha aytgandek xuddi hind filmlaridagidek mahalliy policiya hodimlari qo'llarida tayoq (dubinka) olib yurishar ekan.



O'yinga kelsak rostini aytaman balki orangizdan kimdur fikrimga qo'shilmasligi mumkin, lekin havo harorati dahshatli darajada issiq va dim. Bangladesh o'z o'yinlarining uchalasini ham 18:00ga belgilaganligi esa juda qiziqarli holat.  Futbolchilarimizga tasanno o'yin tugagandan so'ng har bir futbolchi panjara ortidan bo'lsa ham mahalliy muxlislarga qo'l berib rahmat aytib salomlashib keyin stadionni tark etishdi. Baxtiyor Ashurmatov yigitlar bilan to'g'ri yo'nalishda ekanligi bir deganda ko'zga tashlandi.



Bugun siz azizlardan biroz uzr so'rayman unchalik ham qiziqarli sarguzashtlar bo'lmadi, lekin ertaga (28 mart) kuni tarixiy va etiborga loyiq joylariga safar qilaman va ko'rgan kechirganlarimni sizlar bilan baham ko'raman.


Abdurahmon Fozilov Dakka shahridan CA uchun maxsus
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика