So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  13 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  4 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

Bu - qiziq. Lokomotiv o'tgan yilgi ko'rsatkichini takrorlab chempion bo'ldi Yangiliklar

Bu - qiziq. Lokomotiv o'tgan yilgi ko'rsatkichini takrorlab chempion bo'ldi

Teglar :  Lokomotivoliy liga
Yakuniga etgan oliy liganing ushbu mavsumida muxlislar yangi chempion nomini bilib olishdi. Toshkentning Lokomotiv klubi o'z tarixida birinchi marta O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'ldi.


CHempionlikni qo'lga kiritgan Lokomotiv oliy ligada jami 74 ochko to'pladi. Qizig'i shundaki, temiryo'lchilar o'tgan yil ham aynan shuncha ochko jamg'argan, biroq chempion bo'la olishmagandi. Jamoa o'tgan yil Paxtakordan atigi bir ochko ortda qolib, ikkinchi o'rin bilan kifoyalangandi.

Ammo bu mavsumda 74 ochko yig'ish chempionlik uchun etarli bo'ldi. Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, juda qiziq va deyarli bir xil raqamlarga duch kelamiz. Etibor bering, Lokomotiv bu mavsum oliy liganing 30 o'yinidan 23tasida g'alaba qozondi, 5 marta durang o'ynab, ikki bor mag'lub bo'ldi. Jamoa o'tgan yil ham xuddi shunday ko'rsatkichni qayd etgan: yani, 23 g'alaba, 5 durang va 2 mag'lubiyat.

Faqat to'plar nisbatida biroz farqni ko'ramiz. Bu borada bu yilgi ko'rsatkich: 77-24. O'tgan yilgisi esa 66-22. Demak, jamoaning gol urishida sermahsullik oshgan, chunki Loko bu yil o'tgan yilga nisbatan 11ta ko'p gol urdi.

Yana bir qiziq malumot shuki, Lokomotiv uy va safar uchrashuvlarida ham o'tgan yilgi bilan bir xil ko'rsatkichga ega bo'ldi. Jamoa uy bahslarida 13 bor zafar quchib, 2 marta durang o'ynadi va umuman yutqazmadi. O'tgan yil ham xuddi shu holat ro'y bergandi. Safarda esa 10ta g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat. Qizig'i, bu borada ham o'tgan yilgi raqamlar ayni. Faqat to'plar nisbatida o'zgarish bor: bu yil uyda 44-8, safarda 33-16. O'tgan yil esa uyda 37-7 va safarda 29-15.

Ko'ryapsizmi, futbolda bir xil natijani takrorlab ham chempion bo'lish mumkin. Faqat buning uchun jamoadan harakat va raqiblarning o'zaro o'yinlarda qoqilishi talab etiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика