Bu qiziq. Ibragimovich - Gattuzo jangida kim g'olib bo'lgan?
05 apr 2020 13:34
Yangiliklar
Bu qiziq. Ibragimovich - Gattuzo jangida kim g'olib bo'lgan?
Braziliyalik hujumchi Robino hujumchi Zlatan Ibragimovich jamoadoshi Jennaro Gattuzoni jangga chorlagani haqida gapirdi.
"Zlatan yuqori marralarni ko'zlaydi? Ha, shunday, faqatgina yaxshi manoda. Bu shunchaki o'ziga ishonch, o'z kuchiga bo'lgan ishonch. Men uchun ideal hujumchi shunday: shoumen va g'olib. Bir kuni mashg'ulotlarda u jiu-jitsu qoidalari bo'yicha Gattuzoni jangga chorladi. Biz shavqatsiz himoyachining jangovar Zlatanga qarshi jangini tomosha qilganmiz. Kim yutdi? Albatta, Zlatan. U hech qachon mag'lub bo'lmagan", - dedi futbolchi.
Zlatan 2010-2012 yillar davomida ham "Milan" tarkibida o'ynagan. Gattuzo 1999-2012, Robino esa 2010-15 yillar davomida milanliklar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar