So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Bu ne yuzqarolig' bo'ldi... Yangiliklar

Bu ne yuzqarolig' bo'ldi...

Yaponiyaga qarshi mag'lubiyatdan keyin qanday ahvolga tushganimni tariflashga hojat yo'q. Menimcha, barcha o'zbek futbol muxlislari birdek xafa bo'lib, birdek jahllari chiqqani aniq.
O'yinni tahlil qilib o'tirmayman. Buni murabbiylar qilsin. Agar bunga bilim darajalari etsa. Men boshqa holat haqida aytib o'tmoqchiman.

SHarmandali mag'lubiyatdan yuragim siqilib, ko'chaga chiqdim. Ko'chada odam ko'p emas. Bolasini qo'lidan ushlab, bog'chadan qaytayotgan onalar, maktab kelib, papkasini uloqitgancha ko'chaga o'ynashga chiqqan uch-to'rt nafar bolakaylar... Ora-sira yo'lovchi mashinalar o'tib qoladi. Kun sovuq... G'azab o'tida yonganim uchun engilroq kiyinib chiqqan ekanman, izg'irindan etim junjika boshladi. Mayli, dedim o'zimga o'zim. Zora shu bilan jahlim bir oz sovusa... Qaerda! Battar bo'ldi! Mahalladoshim Ashur akani ko'rib qoldim. Qo'pol va to'rsroq odam. Xotini olamdan o'tgan, bir o'zi yashaydi. Futbolga unchalik qiziqmaydi. Lekin men futbol jinnisi ekanimni yaxshi biladi.

Futbolchilaring yutqazib qo'ydi-yu... dedi meni ko'rishi bilan. (Albatta, u bu gapni boshqacha, o'zini tilidagi qo'pol so'zlar bilan aytdi. Ammo uning so'zlarini bu erda yozishning ilojisi yo'q). SHundoq ham asabim buzilib turgani uchun gapi menga yoqmadi. Ayniqsa, O'zbekistoning mag'lubiyatiga xuddi men aybdordek iddao bilan gapirgani battar jahlimni chiqardi. Ammo zahrimni ichimga yutdim. Nachora, majburman. Birinchidan yoshi mendan katta. Ikkinchidan o'zim futbol jinnisiligim tutib o'z vaqtida uni Milliy terma jamoaning o'yinlarini ko'rishga qiziqtirishga harakat qilgandim. Uchinchidan, uning gaplari to'g'ri edi...

Ha, endi... SHunaqasiyam bo'lib turadi, - dedim nima deyishni bilmay. Aslida esa, O'zbekiston terma jamoasi ishtirokida bunaqasi juda ko'p bo'lganini eslab, battar dilim vayron bo'ldi. Bunday o'ylab qarasam, terma jamoaning barcha sharmandali mag'lubiyatlarini jonli efirda ko'rish baxtiga muyassar bo'lgan ekanman... Livandagi OKda xuddi shu Yaponiyadan uchralgan 8:1 hisobidagi mag'lubiyat... (YO Rab, netay, bu ne yuz qarolig' bo'ldi). Keyin Saudiya Arabistonining darvozamizga javobsiz 5ta gol yo'llagani... Undan avval, JCH-98 saralashida Paxtakor stadionida koreyslardan 5:1ga qolganimiz... Yana shu yaponlarga 6:3 hisobida yutqazganimiz... Oleg SHackixning 2ta goli... Abramovning Qatardagi Jigulisini-ku gapirishga ham hojat yo'q... Mana endi, yana bitta 5:1ni ko'rib turibman... O'zbek futboliga muxlislik qilishning yuki namuncha ham og'ir bo'lmasa...

SHularni o'ylab turgandim, yo'l chetida gaplashib ketayotgan ikkita ajnabiyga ko'zim tushdi.

Davomi mana bu manzilda
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика