So’nggi yangiliklar

02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  2 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  6 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  32 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   1 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  10 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  8 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  226 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  139 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43

Bu mavsum kashfiyotlaridan biri Rasul Yo'ldoshev bilan suhbat Yangiliklar

Bu mavsum kashfiyotlaridan biri Rasul Yo'ldoshev bilan suhbat

O'tgan mavsum boshida “Bunyodkor” boshqaruvini qo'liga olgan Vadim Abramov hozirga qadar bir qator yosh futbolchilarning iqtidorini yuzaga chiqarishga hissa qo'shib kelmoqda.

Joriy mavsumda ayniqsa restartdan so'ng “Bunyodkor” jamoasida ishonchli tarzda to'p tepayotgan, saytimiz tomonidan bir necha bor tur ramziy terma jamoasiga loyiq ko'rilgan Rasul Yo'ldoshev ham asta-sekin jamoaning muhim futbolchisiga aylanib bormoqda. Yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorlab bir qator savollar bilan murojaat qildik.

- Ayni paytda jamoadagi futbolchilarning, jamoadoshlaringizni sog'lig'i qanday? Bugungi kunda “Bunyodkor”dagi vaziyat hususida nima deya olasiz?

- Hozirda hammaning ahvoli yaxshi , Islom Kobilov ham o'zini juda yaxshi his kilmoqda, umuman olganda uning ahvoli yomon bo'lgani yo'q. SHunchaki koronavirusning engil simptomplari paydo bo'ldi. Ayni payt uning sog'lig'i joyida. Jamoada esa hammasi ko'ngildagidek. 

- Dastlab “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qoldirildi. So'ng esa 10-tur uchrashuvlari. Jamoa restartdan so'ng endigina maksimal sport formasiga kirib borayotgandi...

- Albatta, hammasi ravon ketayotganida o'yinlarni koldirilishi yaxshi emas. Lekin, nailoj vaziyatdan kelib chiqib shu karorga kelishgan. Kutishga majburmiz, men uchun yaxshi tomoni ham bor. Orada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib jarohatimdan tiklanib olmoqdaman. O'yinlardan qolib ketaman deb ozroq tushkunlikka tushgan edim.

- Joriy mavsumda "Bunyodkor" jamoasidagi ajoyib o'yinlaringiz orqali muxlislarga yaqinroq tanildingiz. Keling ko'pchilik bilmagan ishqibozlar uchun futbolga qanday kirib kelganingiz haqida aytib bersangiz? Bu har bir futbolchida turlicha kechadi. 

- Futbolga ilk bor etti yoshimda dadam olib borganlar. O'sha vaqtda Navoiydagi “Sug'diyona” stadionidagi to'garagiga borganman. Birinchi murabbiyim raxmatlik Valeriy Melixovich Avetisov bo'lgan. Ular menga juda ko'p narsalarni o'rgatganlar. Nafaqat murabbiy sifatida balki, insoniylik tomondan ham bizni tarbiyalaganlar. So'ng qisqa vaqt Vladimir Petrovich Gavrilov shug'ullantirdilar. Baxtiyor aka Sultonov ham biz bilan yaxshi jamoa tuza oldilar. 2013 yilda meni “Bunyodkor” akademiyasiga taklif qilishdi. Otabek G'ulomxo'jaev va Yorqin Nazarov murabbiyligida o'rinbosarlar jamoasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdim. Menga qanchalik qiyin bo'lgan paytda yordam berib, qo'llab-quvvatlashganligini unutmayman. Ularga rahmat aytib qolaman. Oradan malum vaqt o'tgach Hikmat Ergashev meni o'rinbosarlar jamoasiga chaqirdilar. Ulardan keyin esa SHuhrat Maqsudov boshchiligida yoshlar jamoasi bilan chempionlikni qo'lga kiritdik. SHu tariqa asosiy tarkibga jalb qilinganman. Men bilan birga Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Abdulla Abdullaevlar ham boshlang'ich tarkib bilan mashg'ulotlarda qatnasha boshladi.



SHundan keyin 2018 yildan boshlab to'liq asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etib yurdim. 2018 yilgi mavsumning 1-turidan o'rin olgan AGMK bilan uchrashuvning 51-daqiqasida Mirjalol Qosimov meni zaxiradan maydonga tushirdilar. Bu jamoadagi debyutim edi. O'yin 1:1 natijasi bilan yakunlangandi. Maydonga tushib hech bir tayinli ish kilmaganman. Buni tan olaman. Hayajonlanib xatolarga yo'l qo'yganman. SHundan keyin “Qo'qon-1912” va “Paxtakor” bilan o'yinlarda murabbiylar imkoniyat berishdi. O'tgan mavsumda Mirjalol Qosimov meni AGMK ga ijara asosida taklif qildilar. Ishonchlarini oqlash uchun borimni berib harakat kildim. “Qizilqum” bilan birinchi o'yinda men asosiy tarkibdan joy oldim. Ushbu bellashuvda yomon harakat qilmayotgandim. Lekin, ikkinchi bo'limda tizzamdan jarohat oldim. Tiklanishimga etti oy vaqt ketdi. AGMKdagi oxirgi o'yinimni Liga kubogi finalida “Paxtakor”ga qarshi o'tkazdim. Mavsum yakunlangach ijara shartnomam yakunlandi, natijada “Bunyodkor”ga qaytdim. Boshida jarohatimni asoratlari qolgani sabab harakatlarim qovushmadi. SHuning uchun dastlabki turlarda asosan zaxirada koldim. Mana endi xudoga shukur hammasi yaxshi. Vadim Abramov ham menga katta ishonch bildirib restartdan so'ng asosiy tarkibda tushirishni boshladilar. 

- Bolaligingizda murabbiylaringizdan eshitadigan asosiy tanbehingiz nima bo'lgan? Qaysi kamchiliklaringiz uchun etiroz bildirishardi?

- Bolaligimda murabbiylarimning hammasi bir hil tanbex va ko'rsatma berishardi. Harakatlarimga jismoniy kuch qo'shishim kerakligini ko'p aytishardi. Bu gapni hozir ham murabbiylarim ko'p takidlashadi. Haqiqatdan ham jismonan kuchayishim kerakligini bilaman, shunga xarakat qilmoqdaman. 

- Aksariyat futbolchilar faoliyati boshlamanmasdan oldin ko'p bor qiyinchiliklarga duch kelishganini aytishadi. Sizda “Bunyodkor” jamoasi asosiy tarkibiga kelguningizga qadar qanday mashaqqatlarni boshingizdan o'tkazgansiz?

- Albatta, qiyinchiliklar hammada bo'ladi. Jarohatlar, kasalliklar va hokazo. Futboldan tashqarida ham yani hayotda duch keladigan muammolar, og'ir kunlar bo'ladi. Boshimdan o'tgan qiyinchiliklarni doston qilmoqchi emasman. CHunki, bu hammada bo'ladigan normal holat deb bilaman. 

- Futbol siz uchun...

- Hayotimning mazmuni. Boshqa izohga xojat yo'q. 

- “Bunyodkor"ning ayni payt turnir jadvalida egallab turgan o'rni o'ziga aslo yarashmaydi. O'tayotgan mavsumni qanday izohlaysiz? Jamoa nima uchun safarda o'ziga o'xshamayapti? Hattoki, gol ham ura olmayapti...

- To'g'ri, ayni paytda egallab turgan o'rnimiz bizga mos emas. Biroq, mavsumni juda yomon o'tkazyapmiz degan fikrga bormagan bo'lardim. Mehmonda AGMK va “Paxtakor”ga mag'lub bo'ldik. “Andijon” bilan murosa ko'chasini tanladik. Safarda o'tayotgan ayrim uchrashuvlarda bizga maydon holati erkin o'ynashimizga to'sqinlik qilmoqda deb o'ylayman. Yana bilmadim. Uyda safardagiga qaraganda ancha yaxshiroq to'p tepamiz. 


- Bu yilgi “Bunyodkor” hali o'tgan mavsumdagi kabi tezlik olgani yo'q. Mavsumni bir tekisda o'tkazmoqda deb ham bo'lmaydi. Balki, jamoa hali to'liq yuqori sport formasiga kirib olmagandir...

- Ha, biz eng yaxshi sport formamizga kirganimiz yo'q. Keyingi turlarda o'yinimizga yanada tezlik va temp qo'shishga harakat qilamiz. Ahir, “Manchester Siti”ning o'yinlarini bekorga ko'rayotganimiz yo'q. Hali yanada chiroyliroq to'p tepib o'zimizga kerakli natijalarni qo'lga kiritshimizga ishonaman. 

- Vadim Abramov “Paxtakor” bilan o'yindan so'ng futbolchilarni qanday qilib ruhlantira oldi, tushkunlikdan qanday olib chiqib ketdi?

- “Paxtakor” bilan bellashuvdan so'ng bir necha kun tushkun kayfiyatda yurdik. Vadim Karlenovich o'tgan uchrashuvni unutishimizni aytdi. Mashg'ulotlarni hazillar bilan ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishga etibor berdilar. “Lokomotiv” bilan o'yingacha hammasi iziga tushib ketdi. 

Mazmunli va ajoyib suhbat uchun tashakkur!



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Fotosuratlar muallifi Jahongir Fayzullaev. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика