So’nggi yangiliklar

23:07АПЛ. "Арсенал" — "Челси". Парти, Сака ва Мудрик асосий таркибда  0 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  145 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  11 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  10 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  3 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  10 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  3 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  4 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  24

"Bu erdagi sharoit Superliganing ko'p klublarida yo'q. Besh yildan keyin o'zimni APLda tasavvur qilyapman" - "Olimpik" futbolchisi Davron Anvarov bilan intervyu Yangiliklar

"Bu erdagi sharoit Superliganing ko'p klublarida yo'q. Besh yildan keyin o'zimni APLda tasavvur qilyapman" - "Olimpik" futbolchisi Davron Anvarov bilan intervyu

Odatda har bir mavsum futbol jamoatchiligiga yosh iqtidorlarni ommaga taqdim qiladi

Joriy mavsum ham bundan mustasno emas. O'tgan yili "Metallurg"da asosiy tarkibda katta futbolda debyut qilgan Davron Anvarov o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Andrey SHipilov boshqaruvida bekobodliklar safida bir qancha yangi iqtidorlar bosh jamoada debyut qildi, Davron Anvarov ham shular jumlasidandir. Bu mavsum ikkinchi davrasini "Olimpik"da o'tkazayotgan futbolchi Toshkentda o'tgan U-23 Osiyo chempionati saralashida ham o'zini ko'rsatdi. Uzoqdan beriladigan zarbalar, nostandart qarorlar, ayyorona paslar raqib himoyachilarini shoshirib qo'ydi. Yaqinda Davron Anvarovni suhbatga chorladik va bir qator savollar bilan yuzlandik.

- Doimgidek futbolimizda endi etishib chiqayotgan, tanilayotgan yosh ijrochilar bilan futbolga kirib kelishi haqidagi savol bilan suhbatni boshlaymiz. SHunday ekan futboldagi ilk qadamlar haqida aytib bersangiz? 

- Futbolga kirib kelishim Toshkent viloyati CHinoz tumanidan boshlangan. Birinchi murabbiyim Farruh Do'stmuhammedov hisoblanadi. Aynan ular bir yildan so'ng "Bunyodkor" klubi akademiyasiga olib bordilar. Ko'rikdan o'tishim natijasida murabbiylarda iliq taassurot qoldirdim shekilli, yakunda qabul qilishdi. Omad kulib boqdi, shunday katta akademiyaning azosiga aylandim. 

- Bugungi kunda ko'p jamoalarda "Bunyodkor" va "Paxtakor" akademiyalari orqali futboldagi ilk qadamlarini tashlagan futbolchilar topiladi. Lekin ularning aksariyati murabbiylarga maqul kelmay yoki o'zini ko'rsata olmay boshqa jamoalarga yo'l olishgan. Bu borada siz ham qiyinchiliklarga duch kelganmisiz?

- Menda ham bu yo'lda o'ziga yarasha qiyinchilik va muammolar bo'lgan, deya olaman. Murabbiylar almashinuvi ko'p yuz beradigan holat edi. Denis Vladimirovich bizni olganlarida uslublariga to'g'ri kelmaganim uchun "Bunyodkor"dan ketishga majbur edim. O'yin amaliyoti va o'sish uchun Toshkentning "Spartak" jamoasida 2 yil to'p tepdim. U erda Zokir Xayitov ko'p narsani o'rgatdilar. Keyinchalik yana Denis Vladimirovich ortga qaytarib menga ishonch bildirdilar. 

- Yuqorida aytganimizdek nostandart qarorlar va uzoqdan kutilmagan zarbalaringiz bor. Bu borada qaysi futbolchidan andoza olasiz? Bunday uslubdagi qaysi futbolchining o'yinlari yoqadi?

- O'zbek futbolidan Odil Ahmedovning o'yinlarini ko'p kuzataman. Klubdagi, Evropa ligalaridagi, terma jamoadagi harakatlarini ko'rib ko'p narsa olishga harakat qilaman. Qolaversa hozirda butsalarini mixga ilgan Timur Kapadze, Azizbek Haydarov, Server Jeparovning ham o'yinlari manzur keladi. Ularga havas qilib mehnat qilishda davom etmoqdaman. 

- "Metallurg" bosh jamoasiga jalb qilinishingiz qay tariqa ro'y berdi? 

- "Metallurg"ga kelishimda Otabek G'ulomxo'jaevni sababchi sifatida ko'rsataman. Terma jamoa yig'inlari paytida bekobodliklar qiziqish bildirayotganini, ko'rikka borishimni aytdilar. Bu payt men "Bunyodkor-2" jamoasida o'ynayotgandim. "Metallurg" o'rinbosarlarida Artyom Petrosyan bosh murabbiy edi. 2018 yildan boshlab "Metallurg" o'rinbosarlari safiga borib qo'shildim. Keyinchalik Andrey SHipilov o'rinbosarlar jamoasining har bir o'yinini ko'rib asosiy tarkibga bir necha nafar yoshlarni jalb qildi. Ushbu mutaxassis yoshlarga ko'p imkoniyat berardi. 

- Ayrim klublarda bosh murabbiy o'rinbosarlar jamoasini deyarli kuzatmaydi. Nima, deb o'ylaysiz, bosh jamoa murabbiyi o'rinbosarlarining har bir uchrashuvini kuzatsa, yoshlarga qo'shimcha motivaciya bo'ladimi? 

- Albatta. Bosh murabbiylar o'rinbosarlar tarkibini ham kuzatsa, o'yinlarini tomosha qilsa yoshlar uchun foydali bo'lishi shubhasiz. Ular asosiy jamoaga intilib yanada ko'proq harakat qilishadi. 

- O'rinbosarlar yani U-21 jamoasi bilan ko'p viloyatlarga safar qilish jarayonida kiyinish xonalari, maydon, yuvinish joylari holati borasida tasavvurga ega bo'lgansiz. U erlardagi holat va ahvol haqida fikringiz qanday?

- Barcha jamoalarning kiyinish xonalari, maydonlari yomon emas. To'g'ri ideal holat bo'lmasa ham, futbol o'ynash mumkin. 

- Safar o'yinlarida ko'proq nima qiyinchilik tug'diradi?

- Ko'proq yo'l charchatadi. Lekin biz safar o'yinlariga 1 kun oldin boramiz va tiklanish uchun vaqtimiz bo'ladi.

- "Olimpik"ka o'tish futbolchi sifatida oldinga tashlangan qadammi? O'sishingiz uchun bu jamoa qay darajada foyda beradi? Tarkibda raqobat qanday? 

- O'sishimga katta yordam bermoqda, deb o'ylayman. CHunki bu erda hamma sharoitlar bor. Ko'pgina Superliga jamoalarida ham bunday sharoit yo'q. Ichki muhit yaxshi. Barcha bir-biriga hurmat va ahil munosabatda. Hamma narsa ko'ngildagidek. Har bir poziciyada raqobat juda kuchli. Terma jamoada hech kimning joyi kafolatlanmaydi. Futbolda hamma narsa tez o'zgaradi. Bugun siz kuchlisiz, o'sishdan to'xtab qolsangiz ertaga boshqa futbolchi chiqadi. Terma jamoada to'p tepish uchun barchada imkoniyat bir xil. Faqat kuchlilar tarkibga kiradi. 

- Toshkentda o'tgan U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi terma jamoamizga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Bangladesh va Quvayt bilan o'z darajamizni ko'rsata olgan bo'lsak, Saudiya Arabistoni bilan doimgidek muammoga duch keldik. Ular yutib bo'lmaydigan jamoami? Ahir keyingi yil Osiyo chempionatida Toshkentda Saudiya Arabistoni bilan yana to'qnash kelishimiz mumkin...

- Saudiya Arabistoni yaxshi jamoa. Lekin biz ulardan kuchli o'yin ko'rsata olishimizga ishonaman. Har qanday kuchli jamoaga qarshi o'ynab g'alaba qozonish mumkin. Misol tariqasida "SHerif"ni "Real Madrid" ustidan g'alaba qozonganini ko'rsata olaman. Moldova klubining g'alabasini hech kim kutmagandi. Futbolda kim yutishini oldindan aytish qiyin.

- Davron Anvarov 5 yildan so'ng o'zini qaerda tasavvur qilmoqda?

- Besh yildan keyin o'zimni Angliya Premer-Ligasida tasavvur qilmoqdaman. Orzularim ko'p. Mehnat qilish va intilishda davom etishim kerakligini tushunyapman. Maqsad sari to'xtamay ishlash zarur. 

- Sizningcha joriy yilgi mavsum kashfiyoti kim?

- "Nasaf" hujumchisi Xusayin Norchaev

- 20 yoshdan oshgan futbolchilarni yosh deyish to'g'rimi?

- Yo'q, bu noto'g'ri narsa. 20 yoshdan oshgan futbolchilarni yosh, deb bo'lmaydi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика