So’nggi yangiliklar

20:06Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон - Шри-Ланка учрашуви асосий таркиблари маълум!  0 20:02Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  7 20:00Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 0:0 (Матнли трансляция)  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  2 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  4 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  2 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5

Bu chempionatda istalgan raqibni mag'lub etsa bo'ladi Yangiliklar

Bu chempionatda istalgan raqibni mag'lub etsa bo'ladi

U-23 Osiyo chempionati 1/4 finalida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAni yirik 5:1 hisobida mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi.

Endi bizni Tokio Olimpiadasidan bitta (ikkita) o'yin ajratib turibdi. Keyingi bosqichda Saudiya Arabistoni raqibimiz bo'ladi. Agar bu jamoani mag'lub etsak, U-23 Osiyo chempionati tarixida ikkinchi bor finalga chiqish bilan birga o'zbek futboli tarixida birinchi bor Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olamiz. 

Mabodo mag'lubiyatga uchrasak, unda 3-o'rin uchun kechadigan bahsda g'olib bo'lishga to'g'ri keladi. CHunki Olimpiadaga Osiyo uchun uchta o'rin berilgan. Yaponiya mezbon hamda guruhdan chiqa olmaganini hisobga olsak, buyog'iga faqat medal taqadigan jamoalar Olimpiya chiptasiga ega bo'ladi. 

Bugungi o'yinda yigitlar ishonch bilan harakat qilishdi. Bu o'yin guruh bahslaridan tamomila farq qildi. Biz bugun Eron, Xitoy va Janubiy Koreya bilan o'ynagan O'zbekistonni ko'rmadik, balki o'ziga yanada ishongan, gol o'tkazib ham tizzasi qaltiramaydigan jamoani ko'rdik. Natijada o'tkazib yuborilgan bitta golga javoban beshta gol urdik. 

Bu g'alabada hammaning hissasi bor, murabbiylar shtabidan tortib muxlislar-u, futbolchilargacha. Kerak bo'lsa, olimpiyachilarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Tailandga borgan Ro'ziqul Berdiev bilan Vadim Abramovning ham. Endi baribir har bir futbolchiga eng katta tasir o'tkazadigan o'z ona tilingda murojaat qilishdir. Ishonamizki, Berdiev albatta "Nasaf" futbolchilarini tergab qo'ygan. 

Bu shunday Osiyo chempionatiki, istalgan raqibni mag'lub etsa bo'ladi. Bizning o'yindan avval nihoyasiga etgan Janubiy Koreya - Iordaniya bahsini ham ko'rdik. Iordaniyaliklar ikkinchi taymda koreyslarni "ezib" qo'yishdi. Faqat zo'r mahorat evaziga amalga oshirilgan jarima to'pi koreyaliklarga naf berdi. Lekin bu jamoani yutsa bo'ladi. 

Yarim finaldagi raqibimiz Saudiya Arabistoni mezbon Tailandni musobaqadan chiqarib yubordi. Ammo ularni ham zo'r deb bo'lmaydi. O'yini juda bir vahima qiladigan darajada kuchli emas. Ular Tailandni zo'rg'a 1:0 yutishdi. 

Buyog'iga hammasi o'z qo'limizda. Bizga xalaqit beradigan omillar qolmadi. Agar shu ruhda davom etsak, ishonamizki, yigitlar saudiyaliklarni ham mag'lub eta olishadi. Muhimi, bosimga tushib qolmaslik. Jimgina maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Biz uchun finalga chiqish nihoyatda muhim hisoblanadi. CHunki 3-o'rin uchun o'yindagi bosim finaldagidan ikki barobar ko'p bo'ladi. 

Yigitlarni hadeb yosh deyish fikridan yiroqmiz. Ular allaqachon Superligada pishgan bolalar. Bu ham Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bizning foydamizga xizmat qilishi kerak. SHunday ekan, final sari olg'a, O'zbekiston! Biz vazifani uddalay olamiz.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика