Brunu Fernandesh ertaga MYUda tibbiy ko'rikdan o'tadi
29 jan 2020 16:11
Yangiliklar
Brunu Fernandesh ertaga MYUda tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Manchester Yunayted" "Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi MYU bilan 2025 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Fernandeshning maoshi yiliga bonuslardan tashqari 6 million evroni tashkil etadi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, futbolchi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" va "Sporting" klublari o'zaro kelishib olishgani xabar qilingandi. Bunda transfer narxi 55 million evro+25 million evro (bonus) ko'rinishida bo'ladi.
Fikrlar