Breshiano Avstraliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
25 fev 2015 11:11
Yangiliklar


Breshiano Avstraliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Qatarning "Al-Garafa" klubining 35 yoshli yarim himoyachisi Mark Breshiano Avstraliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida malum qildi.
"Faoliyatimni yakunlar ekanman, hozir g'amginlik va g'ururni his etyapman. Sevimli sport turimda ona yurtim sharafini himoya qilish - bu katta tajriba. Avstraliya sharafini himoya qilganimdan g'ururlanaman.
Bu faoliyatim davomida juda ko'p yaxshi xotiralarga ega bo'ldim, ammo yoshlarga joy berish uchun vaqt keldi" - deydi Breshiano.
Mark Breshiano Avstraliya terma jamoasida 2001 yildan 2015 yilgacha to'p tepdi va shu davr mobaynida 84ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urgan.

Fikrlar